Toshkentda birinchi bor XEI “Startaplar ekotizimining mintaqaviy hamkorligi raqamli iqtisodiyotning oʻsishining asosiy omili sifatida” mavzusida seminar -praktikum boʻlib oʻtdi.
Seminarda 8 davlatdan: Oʻzbekiston, Rossiya Federatsiyasi, Gruziya, Germaniya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon va Belarusiyadan kelgan mutaxassislar ishtirok etdilar.
IT-Park direktori Farxod Ibragimov tadbirning ochilishidagi nutqida taʼkidlaganidek, ilgari Oʻzbekistonda bunday tadbirlar asosan nodavlat kompaniyalar darajasida oʻtkazilgan. U, shuningdek, Oʻzbekistonni IT-sohasiga yoʻnaltirilgan mamlakatga aylantirishda, jumladan:
- Oʻzbekistonda IT sohasiga yoʻnaltirilgan yangi xalqaro oliy taʼlim muassasalarining ochilishida;
- IT kompaniyalari va akademiyalari uchun imtiyozlar va yengilliklar taqdim etilishida davlatning muhim rol oʻynashini ta'kidladi.
Seminarda muhokama qilingan mavzular, asosan, AKT borasida startaplar ekotizimini rivojlantirishga bagʻishlandi. Misol uchun, Hikmat Abduraxmanov GroundZero kovorking markazlarining startaplar ekotizimi uchun olib borgan ishlari haqida gapirib berdi va umuman, IT sohasidagi bir qator dolzarb muammolarni aytib oʻtdi. “Biz sanoat mamlakati modelidan voz kechib, xizmat koʻrsatish sohasiga urgʻu berishimiz kerak”, – dedi Hikmat Abdurahmonov.
Gruziyalik mutaxassis Irakli Kashibadze, har bir startap ekotizim oʻziga xos ekanligini va uni yana takrorlashga urinishning keragi yoʻqligini taʼkidladi. Shuningdek, u Gruziya startap ekotizimi va IT sohasini rivojlantirishda oʻz tajribasi bilan oʻrtoqlashdi.
Germaniya vakili Til Ormen mintaqaviy startap ekotizimni rivojlantirish tajribasi haqida gapirib berdi.
Bundan tashqari, IT-Park taqdimoti vaqtida Farhod Ibragimov biznes-jarayonlar va dasturiy taʼminotlarning eksport koʻrsatkichlarini oshirishga intilish zarurligini taʼkidladi. IT-Park direktori oʻz nutqining oxirida hozirgi paytda mamlakatimizda startaplar ekotizimini va umuman IT sanoatini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi.
2019-10-15