2021-yil 14-aprel Toshkentdagi 9-umumtaʼlim maktabida IT Park tomonidan tashkil qilingan IT beshkurashda ishtirok etgan gʻoliblarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Eslatib oʻtamiz, 2020-yilning 24–26-dekabr kunlari ushbu maktabda 7–11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida musobaqa boʻlib oʻtgandi.
Beshkurash doirasida ishtirokchilar quyidagi 5 bosqichdan oʻtishlari zarur edi:
1-bosqich: mantiqiy vazifalar;
2-bosqich: rus/oʻzbekcha matnlarni ingliz tiliga oʻgirish;
3-bosqich: spelling bee;
4-bosqich: yugurish;
5-bosqich: klaviaturada tez yozish.
Musobaqada jami 50 nafar maktab oʻquvchisi ishtirok etdi va ulardan 3 nafari gʻalabaga erishdi.
IT beshkurash gʻoliblari:
1-oʻrin – 9-sinf oʻquvchisi Ikromova Ozoda;
2-oʻrin – 7-sinf oʻquvchisi Doʻstxoʻjayev Abdullox;
3-oʻrin – 9-sinf oʻquvchisi Hakimxoʻjayev Sardorxoʻja.
Shuningdek, IT beshkurashda oʻzini koʻrsata olgan oʻquvchilar faol ishtiroki uchun sertifikatlar egasiga aylandilar. Bundan tashqari, tadbir doirasida IT parkdagi mobil robotlarni rivojlantirish bo'yicha menejer Azamat Karaxanov robotika bo'yicha kichik mahorat darsini o'tkazdi va maktab o'quvchilariga robotlarni mustaqil ravishda yig'ish imkoniyatini berdi.
Barcha gʻoliblarni tabriklaymiz va ularga kelajakdagi ishlariga omad va zafarlar tilab qolamiz!
2021-04-15