Toshkentdagi dizayn maktabi oʻquvchilari IT Park mehmoni boʻldilar

2021-yil 14-aprel kuni Toshkentdagi dizayn maktabi oʻquvchilari IT Parkʼka tashrif buyurdilar. Xodimlar ularga kichik ekskursiya uyushtirdilar va tashkilot faoliyati haqida soʻzlab berdilar.

Ekskursiya davomida oʻquvchilar IT Parkʼning asosiy vazifa va maqsadlari, nimalar bilan shugʻullanishi va IT sohasi istiqbollari haqida bilib oldilar.

Bu kabi tashriflar maktab va boshqa oʻquv dargohlari oʻquvchilariga IT Park faoliyatini koʻrsatish va u haqida maʼlumot berish, tashkilot ularga IT sohasining barcha yoʻnalishlarida qanday koʻmak bera olishini tushuntirishida katta ahamiyat kasb etadi.

2021-04-14