“Tourism. The Path to Innovation”: turizm sohasidagi startaplar tanloviga roʻyxatdan oʻtish yakuniy natijalari!

IT Park Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʻmagida, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan hamkorlikda turizm sohasidagi startaplar tanlovini eʼlon qildi.

Tanlovga ariza topshirganlarning qisqacha statistikasi:

Ishtirok etish uchun jami 218 ariza qabul qilindi. Ulardan:

- Toshkent: 95

- Samarqand: 33

- Buxoro: 16

- Fargʻona: 15

- Jizzax: 19

- Qashqadaryo: 11

Shuningdek, Surxondaryo, Navoiy, Andijon, Xorazm va Oʻzbekistonning boshqa hududlaridan arizalar kelib tushdi.

Ariza topshiruvchilarning oʻrtacha yoshi – 29 yosh. Jumladan, mos ravishda erkaklar – 70% va ayollar 30% ni tashkil qildi.

Eslatib oʻtamiz, tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori doirasida Oʻzbekiston turizm sohasini qoʻllav-quvvatlash choralarini koʻrish, Oʻzbekiston Respublikasida startaplar ekotizimini va turizmini rivojlantirish yuqori texnologik mahsulotlar olish, shuningdek turizm salohiyatini rivojlantirish va turizmdagi yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil qilindi.

“Tourism. The Path to Innovation” – startaplar uchun tanlov boʻlib, mamlakat turizm sohasini qoʻllab-quvvatlashga, shuningdek innovatsion va turizm sohasini rivojlantirish, mamlakat turizm salohiyatini va xizmatlarini ochib berishga qaratilgan.

Tanlovning final bosqichi 2020-yilning dekabr oyida boʻlib oʻtadi. Hakamlar ishlab chiqilgan mezonlar boʻyicha startaplarni rivojlantirish uchun subsidiyalarga ega boʻluvchi 20 jamoani saralab oladilar.

Tanlovning umumiy sovrin jamgʻarmasi 1 500 000 000 soʻmni tashkil qiladi.



 

2020-11-23