Eslatib oʻtamiz, ayollar startap loyihalarini rivojlantirishga qaratilgan inkubatsiya va akseleratsiya boʻyicha Tumaris Tech loyihasi bepul dasturining ikkinchi toʻlqiniga hali ham roʻyxatdan oʻtishga vaqtingiz bor, ammo arizalar qabuli oʻz yakuniga yetmoqda. Bu vaqt kam qoganini anglatadi.
Ortga nazar soladigan boʻlsak, dasturning birinchi toʻlqiniga mutaxassislar tomonidan jami qabul qilingan 203 ta arizadan 20 nafar startap, loyiha birinchi bosqichiga oʻtgan deb topilgan edi. Ishtirokchilarning oʻrtacha yoshi 30.5, eng kichigi 15 yoshda boʻlsa, eng kattasi 51 yoshni tashkil qildi.
Bu safar biz sizdan oldingi dastudan kam boʻlmagan aktivlikni, shuningdek, oldingidan ham koʻproq ariza va munosib loyihalarni kutib qolamiz.
Tumaris Tech loyihasi IT Park Uzbekistan tomonidan Tadbirkorlikni va biznes muhitini rivojlantirish boʻyicha USAID loyihasi koʻmagida tashkil qilingan boʻlib, ayollarni kuchaytirilgan holda ICT ekotizimiga jalb qilishga yoʻnaltirilgan. Ushbu loyihaning oʻziga xosligi shundaki, taqdim qilinayotgan kurs va dasturlar ayollar auditoriyasini koʻzda tutgan va oʻz xobbisini sevimli va daromadli ishga aylantirishni orzu qiluvchi endigina ish boshlayotgan tadbirkor ayollarga moʻljallangan.
Roʻyxatdan oʻting, vaqt juda kam qoldi.
Muddat: 2020-yil 7-yanvar (shu kuni ham)
Dasturning boshlanishi: 2020-yil 11-yanvar.
2020-12-28