Tumaris Tech inkubatsiya va akseleratsiya bepul dasturi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

Eslatib o‘tamiz, IT Park USAID biznes muhiti va tadbirkorlikni rivojlantirish loyihasi ko‘magida O‘zbekiston IT sohasidagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan Tumaris Teach loyihasini yo‘lga qo‘ydi. Chunonchi, loyihalar bepul inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari orqali olib boriladi, hamda kelgusidagi rivojlanishini ta’minlash uchun ko‘nikmalarga ega bo‘lib boradi. 

Loyiha xotin-qizlarni ICT ekotizimiga jalb qilishni kuchaytirishga yo‘naltirilgan: masofaviy ishlashni istovchi xotin-qizlar uchun ta’limni taqdim etish hisobiga BPO'ni (Business Process Outsourcing) rivojlantirishdan tortib startaplarni rivojlantirish va sarmoyalarni o‘rganishgacha.

Va bugun, turli bosqichdagi xotin-qizlar startap loyihalarini rivojlantirishga qaratilgan Tumaris Tech loyihasining inkubatsiya va akseleratsiya bo‘yicha bepul dasturlari uchun ro‘yxatdan o‘tish ochildi.

Dasturlar startap loyihalari IT sohasida amalga oshirilishi moʻljallangan ayol tadbirkorlar uchun olib boriladi.

Bizning dasturlarimizda ishtirok etib, siz:

—biznesni rivojlantirish uchun zarur va sifatli bilimlarni egallaysiz;
—muzokaralar yuritish, menejment, sardorlik va savdo sohasi boʻyicha koʻnikmalaringizni yaxshilab, oshirasiz;
—ilgʻor tadbirkorlar va boshqa loyiha ishtirokchilari bilan netvorkingni yoʻlga qoʻyasiz.

Eng asosiysi, muvaffaqiyatli gʻoyalar investitsiya platformalaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishlari mumkin.

Dasturlar mutlaqo bepul boʻlib, 2 oy muddatga moʻljallangan.

10-sentabrga qadar roʻyxatdan oʻtishga ulgurib qoling: 
https://tumaris.tech/

2020-08-25