“Tumaris.Tech” loyihasining ikkinchi Demo Day tadbiri qanday oʻtdi

2023-yilning 18-fevral kuni Tumaris.Tech loyihasining ikkinchi uzoq kutilgan Demo Day  tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgam 13 ta jamoa vakillari oʻzlarining  biznes loyihalarini taqdim etdilar.

Inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari ikki oy davomida rus tilida onlayn tarzda oʻtkazildi. Dasturlar doirasida ishtirokchilar xalqaro ekspertlar bilan ta’lim va strategik sessiyalar, malakali mutaxassislar ishtirokida trekerlik, moliyaviy savodxonlik kurslari, shaxsiy brend va vaqtni boshqarish bo‘yicha vorkshoplar, qiziqtirgan masalalar bo‘yicha maslahatlar, startap hamjamiyati o‘rtasida networking olish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Hamkor Wonder Women tashkiloti spikerlar qismidagi dasturlarning taʼlim mazmuni uchun  mas'ullik qildi. Jamiyatda eng kuchli “Wonder Women Mentorship” mentorlik dasturi mavjud. Inkubatsiya va akseleratsiya doirasida butun Markaziy Osiyodan IT-sohasi, marketing, tadbirkorlik, product management, mijozlarga xizmat ko‘rsatish va shu kabi boshqa sohalar bo‘yicha eng yaxshi ekspert va tajribali mutaxassislar mentor sifatida o‘z bilimlari bilan boʻlishdilar.

Tumaris.Tech dasturida qatnashish uchun jami 87 ta ariza topshirildi, ulardan 47 tasi 2022-yilning 9-dekabrda boʻlib oʻtgan Pitch Day uchun tanlab olindi.  Pitch Day natijalariga koʻra, 35 ta loyiha inkubatsiya va akseleratsiya dasturida oʻqishni davom ettirdi. 13 ta loyiha Demo Day’ga yetib kelishga muvaffaq boʻldi. Jumladan:

Inkubatsiya

  • Engmarion – bu ingliz tilini oʻrganish va ishga joylashishda yordam beruvchi platforma;
  • EasyStep – bu IT mutaxassislarini tayyorlash uchun mobil ilova;
  • JanaOmir – bu ayollar uchun rivojlanish, networking, shaxsiy oʻsish va daromad olish platformasi;
  • IB Tutor – bu talabalarga taqdim etilgan 7 turdagi onlayn materiallar bilan muvaffaqiyatli bitiruvga tayyorgarlik koʻrishga yordam beruvchi platforma;
  • Zabota.uz – oʻqitilgan onlayn maslahatchilar marketpleysi;
  • Albero – bu kelajakdagi kasb va universitetni topish uchun moʻljallangan platforma.

Akseleratsiya

  • IbnSino – ITS bozorida biznes jarayonlarini raqamlashtirish uchun yechim;
  • Happy.kg – bu mijozlarga bank ofisi va doʻkonlariga kelmasdan turib tovarni boʻlib-boʻlib sotib olish imkoniyatini beruvchi marketpleys;
  • Event marketplace – tadbiringizni tashkil qilish uchun zarur boʻlgan barcha narsalarni topish uchun moʻljallangan sayt;
  • Immunigide – shifokor yordamisiz inson immunitetining holatini aniq, tez va massiv tarzda aniqlash loyihasi;
  • Mavi – nogironlar uchun ish qidirish sayti;
  • Vegan.uz – vegan taomlari va shirinliklarni ishlab chiqarish va yetkazib berish xizmati;
  • Birge – bu ruhiy salomatlik bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga yordam beruvchi dastur.

Hakamlar hay’ati a’zolari O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan kelgan mahalliy va xorijiy mutaxassislardan iborat bo‘lib, ular tarkibiga quyidagilar kirdi:

  • Beelab LLC jamoasi rahbari va Interim CTO – Shohrux Alimov;
  • Wonder Women ayollar jamiyati asoschisi – Rada Islomova;
  • “Calypso Intelligent Solutions” MChJʼda biznesni rivojlantirish boʻyicha direktor, shuningdek “Coozin” loyihasi asoschisi – Artyom Arxangelskiy.

Bundan tashqari, Demo Day yakunlariga ko‘ra, 7 ta eng yaxshi loyiha 11-mart kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan xalqaro startap-loyihalar ko‘rgazmasiga tashrif buyurish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bular:

  • IbnSino
  • Happy.kg
  • Immuniguide
  • EasyStep
  • Mavi
  • Vegan.uz
  • Birge

2023-02-20