Joriy yilning 4-iyun sanasida Turin politexnika universiteti qoshidagi inkubatsiya markazida birinchi Demo Day bo‘lib o‘tdi. Demo Day IT Park va Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti tomonidan tashkil etildi.
Ochilish marosimida universitet rektori Jamshid Inoyatxo’jaev, IT Park direktorining xalqaro faoliyat bo‘yicha o‘rinbosari Bohodir Ayupov hamda OTM talabalari va inkubatsiya dasturi ishtirokchilari ishtirok etishdi.
Statistik ma’lumotlar
2021-yil 18-mart kuni OTM inkubatsiya markazidagi inkubatsiya dasturida ishtirok etish uchun Pitch Day bo‘lib o‘tdi. Pitch Day uchun 10 ta startap loyiha tanlab olindi.
Aprel oyida inkubatsiya dasturi ishga tushirildi va ikki oy davom etdi. Ta’lim dasturi 18 ta darsni va 5 ta ekspert sessiyalarini o‘z ichiga oldan 6 ta moduldan iborat edi.
Dastur davomida ishtirokchilar uchun haftalik “Rock it” o‘quv-amaliy intensiv kurslar tashkil etildi. Intensiv kurslar orqali dastur ishtirokchilari o‘z mahoratlari hamda ko‘nikmalarini oshirishga muvaffaq bo‘lishdi.
Natijada, Demo Day’da namoyish etilgan 4 ta istiqbolli startap-loyihalar bilan dastur o‘z yakuniga yetdi. Ta’kidlash joizki, bu universitetlar qoshidagi barcha ochiq inkubatsiya markazlari orasida o‘tkazilgan inkubatsiya dasturining ilk Demo Day’i.
Demo Day’ga qaytamiz
Demo Day’da quyidagi 4 ta startap loyiha ishtirok etdi:
1. Eventpad (har bir tashkilotchiga o‘z tadbirini o‘zi tashkil etishiga va o‘tkazishiga imkoniyat yaratadigan yagona platforma);
2. Poly.uz (futbol maydonlarini bron qilish hamda qo’shma futbol matchlarini tashkil etishga mo‘ljallangan ilova)
3. 3D Kutubxona (bu kitob mutolaa qilish uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan onlayn kutubxonani taqdim etuvchi platforma);
4. PMP platform (dori-darmonlarni onlayn xarid qilish va bemor bilan onlayn konsultatsiya o‘tkazishga mo‘ljallangan platforma).
Hakamlar hay’ati tomonidan qo‘yilgan baholarga ko‘ra, quyidagi 3 ta loyiha eng yaxshi deb topildi:
1-o‘rin - 3D Kutubxona;
2-o‘rin - Poly.uz;
3-o‘rin - Eventpad. G‘oliblar pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Birinchi o‘rin uchun - 5 000 000 so‘m, ikkinchi o‘rin uchun - 3 000 000 so‘m va 3-o‘rin uchun - 2 000 000 so‘m.
Muhim:
Bu Toshkentdagi barcha ochiq inkubatsiya markazlari orasida tarixdagi birinchi oflayn Demo Day.
2021-06-07