“Ucell Mobile Challenge 2019” koʻrik-tanlovi doirasida Pitch Days

2019-yil 9- va 10-noyabr kunlari Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi binosida 27 ta startap-jamoa “COSCOM” MChJ kompaniyasi (Ucell savdo belgisi) va “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki” MChJ (IT Park) tomonidan tashkil etilgan “Ucell Mobile Challenge 2019” mobil ilovalarini ishlab chiqish boʻyicha koʻrik-tanlov doirasida oʻz loyihalari taqdimoti bilan chiqishdi.


Tadbirda birinchi saralashdan oʻtgan va “Boot Camp”dan oʻtishga muvaffaq boʻlgan 100 dan ortiq 27 ta jamoa ishtirok etdi.

Oʻzbek turizm, AskQue, Guidy, Izy, Mguide, Salom Uzbekistan, UcellPay, MyStock Informer, NeoBank, P2p, Ucell Cashback, Ucell cashback system, UcellPay, BarakaTop, CodeQuest, E-torgi.uz, GenLib, hama, Myapteka System, R2 — Retail Research, Rahmat, SmartStore, TopDeem, Elogistics, GuideMe, Tash Guide va uTaxi.


Vakolatli hakamlar hayʼati ishtirokchilarning chiqishlarini va ularning loyihalarining istiqbollarini baholadi. Hakamlar hayʼati tarkibi:

  • Sherzod Rustamov, Ucell kompaniyasining raqamli va kontent xizmatlar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi;
  • Dilmurod Abduraxmanov, Ucell kompaniyasining IT mahsulotlari va xizmatlari bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi;
  • Nadejda Pak, Ucell kompaniyasining biznes loyihalar bilan ishlash boshqarmasi mutaxassisi;
  • Anvar Bakayev, Smile mobile kompaniyasi direktori;
  • Farhod Ibragimov, IT-Park bosh direktori;
  • Abdulahad Kuchkarov, IT-Parkʼning innovatsion rivojlanish boʻlimi direktori;
  • Nodir Alibekov, IT-Parkʼning mintaqaviy IT-markazlari direktori;
  • Muzaffar Aʼzamov, Oʻzbekiston elektron tijorat assotsiatsiyasi raisi;
  • Akmal Solihov, “VRonica” – interfaol VR, AR, 360 kontentini yaratish studiyasi asoschisi va direktori.

“Bugungi kunda Oʻzbekistonda 22 milliondan ortiq mobil aloqa abonentlari va 16 milliondan ortiq mobil Internet foydalanuvchilari mavjud. Ucell abonentlarining soni 7,5 milliondan oshadi va mazkur taqdimotlar natijasiga koʻra gʻalaba qozonadigan baxtli gʻolibning ilovasi darhol keng miqyosda tarqaladi! Bunday imkoniyat mamlakatimizdagi mobil ilova ishlab chiquvchilarning hammasiga ham berilavermaydi”, - dedi IT-Park bosh direktori Faroxod Ibragimov.


Pitch Days natijalariga koʻra hakamlar hayʼati bir oy ichida uchta gʻolibni tanlab oladi:

● 1-oʻrin – 300 million soʻm;

● 2-oʻrin – 200 million soʻm;

● 3-oʻrin – 100 million soʻm.

Eslatib oʻtamiz, “Ucell Mobile Challenge 2019” – bu IT-Park va Ucell tomonidan mukofot jamgʻarmasi 600 million soʻm boʻlgan, quyidagi yoʻnalishlarda mobil ilovalarni ishlab chiqish boʻyicha oʻtkazilayotgan koʻrik-tanlov:

  • Eng yaxshi savdo ilovasi;
  • Mamlakat mehmonlari va fuqarolari uchun eng yaxshi foydali ilova;
  • Fintech sohasidagi eng yaxshi ilova.

Koʻrik-tanlovning asosiy maqsadi – mobil qurilmalar uchun dasturiy taʼminotni ishlab chiqish sohasidagi eng yaxshi texnologik gʻoyalarni izlash va qoʻllab-quvvatlash va ushbu gʻoyalarni prototip koʻrinishida amalga oshirishgacha olib borish.

Kompaniyalar haqida maʼlumot

“Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki” MChJ (IT-Park)

  • Obʼektlar, binolar va inshootlar majmuasi, shuningdek, istiqbolli startap-loyihalarni, jumladan ilmiy va ilmiy-maʼrifiy tashkilotlar bilan birlashish hisobiga ishga tushirish va bozorga olib chiqishni taʼminlash uchun moʻljallangan asbob-uskunalar. Faol va iqtidorli insonlar buxgalteriya, huquq va marketing borasidagi  hamda ilm-maʼrifiy tomondan qoʻllab-quvvatlashlar olish bilan oʻz gʻoyalarini haqiqiy biznes loyihalariga aylantirish uchun haqiqiy imkoniyatga ega boʻladigan joy.

“COSCOM” MChJ (Ucell savdo belgisi)

  • Kompaniya 1996-yil aprel oyida tashkil etilgan.
  • Ucell kompaniyasi Oʻzbekistonning eng chekka tumanlarida yashovchilar ham kompaniyaning xizmatlaridan foydalana olishlarini taʼminlash maqsadida, oʻz faoliyati davomida oʻz abonentlari uchun yangi takliflarni ishlab chiqishga va tarmoq qamrovini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratib kelmoqda.
  • 2018-yil dekabr oyida kompaniyaning egasi oʻzgarganidan beri oʻtgan davr davomida jamoa bir qator ijobiy natijalarga erishdi.
  • Mamlakatdagi eng yirik uyali aloqa operatorlaridan biri boʻlgan Ucell, Kompaniya tomonidan joriy etilgan zamonaviy texnologiyalar yordamida, sifatli aloqa hamma joyda boʻlishi va hamma uchun foydali boʻlishini taʼminlashga intilib kelmoqda.

2019-11-11