2020 yil 1-iyun kuni One Million Uzbek Coders loyihasi doirasida Nanodegree grantlari uchun ikkinchi imtihon bo‘lib o‘tdi.
Udacity Nanodegree grantlari nima ekanligini va qanday olinishini eslaylik. Nanodegree grantlari - bu Bir million o‘zbek dasturchilari loyihasining kurs bitiruvchilari uchun Google, AT&T, Autodesk, Salesforce va boshqa shu kabi texnologik ish beruvchilar tomonidan tan olinadigan Udacity Nanodegree diplomini olish imkoniyatidir.
o‘tgan yakuniy imtihonlar bo‘yicha ayrim statistika. Yakuniy imtihonda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tganlar soni 593 ni tashkil etdi, ya'ni deyarli 5 baravar o‘sdi! Ammo bu yana shuni ko‘rsatadiki, OMUC kurslari bitiruvchilarining deyarli yarimi imtihondan hali o‘tmagan. Aynan shularga biz grant asosida o‘qishni davom ettirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermaslikni va sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan keyingi imtihonga hozirdan yozilib qo‘yishni tavsiya etamiz.
Imtihon natijalarini intizorlik bilan kutayotganlarga esa, 50 ta grant baxtli egalari ro‘yxati keyingi hafta e'lon qilinishini ma'lum qilamiz.
Ko‘zni bir ochib yumguncha sentyabr keladi, ro‘yxatdan o‘ting, o‘qing va Udacity Nanodegree grantini qo‘lga kiriting!
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: uzbekcoders.uz
2020-06-04