Uzbekistan Startup Founders Meetup — Vashington 2025
Sana: 7-noyabr
Vaqt: 16:00 – 19:00
Manzil: O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasi, Vashington, AQSh
Tashkilotchilar: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park Uzbekistan
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda IT Park Uzbekistan Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi o‘zbek diasporasi vakillarini — startap asoschilari, innovatorlar va IT-mutaxassislarini — Vashington shahrida o‘tkaziladigan birinchi “Uzbekistan Startup Founders Meetup” tadbirida ishtirok etishga taklif etadi.
Mazkur uchrashuvning maqsadi — global o‘zbek startap hamjamiyatini birlashtirish, g‘oyalar almashish, hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish hamda xorijdagi vatandoshlar va O‘zbekistonning rivojlanib borayotgan innovatsion ekotizimi o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashdir.
Kimlar ishtirok etishi mumkin
- AQShda faoliyat yuritayotgan o‘zbek diasporasi vakillari — startap asoschilari va hamasoschilari
- O‘zbekiston IT va innovatsiya sohalari bilan bog‘liq texnologik tadbirkorlar, investorlar va mutaxassislar
- AQShdagi o‘zbek startap hamjamiyati vakillari — mamlakatning raqamli kelajagiga hissa qo‘shishni istaganlar
Asosiy maqsadlar
- AQShdagi o‘zbek diasporasi bilan Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park Uzbekistan o‘rtasidagi bevosita hamkorlikni mustahkamlash
- Xorijda faoliyat yuritayotgan o‘zbek startap asoschilarining ehtiyojlari va muammolarini aniqlash
- AQShdagi diaspora O‘zbekistondagi startaplar va innovatsiyalarni qanday qo‘llab-quvvatlashi mumkinligini muhokama qilish
- O‘zbekistonlik texnologiya asoschilari va mutaxassislarining barqaror xalqaro tarmog‘ini shakllantirish
Format
- Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park Uzbekistan vakillari bilan ochiq muloqot
- Guruh muhokamalari va tajriba almashish
- Netvorking va norasmiy suhbatlar
Joylar soni cheklangan — ro‘yxatdan o‘tish majburiy.