1-maydan boshlab mamlakatimizning barcha hududlaridan iqtidorli o‘g‘il-qizlar “President Tech Award” nomli eng yirik tanlovda ishtirok etish uchun ariza topshirishlari mumkin!
“President Tech Award” – raqamli texnologiyalar sohasidagi eng ilg‘or startap loyihalarini e’tirof etuvchi tanlov. U maxsus yo‘nalish (“Gran Prix Hackathon”: 72 soat ichida raqamli yechim yaratishni nazarda tutadi) va asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga oladi. U quyidagi toifalarni ko‘zda tutadi:
Arizalar tanlovning shaffofligi va ochiqligini ta’minlash maqsadida ishga tushirilgan https://awards.gov.uz maxsus portali orqali qabul qilinadi.
Portalda tanlov haqidagi barcha ma’lumotlar joylashtiriladi. Bu yerda jamoalarga qo‘shilish va belgilangan toifalardan birida ishtirok etish mumkin. Keyingi bosqichga o‘tish yoki o‘tmaslik haqidagi ma’lumotlar ham maxsus platforma orqali yuboriladi.
Hujjatlar 1-iyulga qadar qabul qilinadi. Qolaversa, 1-iyuldan 25-iyulgacha arizalarni dastlabki saralash bosqichi o‘tkaziladi.
“President Tech Award” tanlovida 30 yoshgacha bo‘lgan shaxslar qatnashishiga ruxsat etiladi. Asosiy yo‘nalishlarda faqat O‘zbekiston fuqarolari, maxsus (hakaton) yo‘nalishda esa IT Park rezident kompaniyalari xodimlari bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham ishtirok etishlari mumkin.
Yangiliklarni quyidagi kanal orqali kuzatib boring:
https://t.me/PresidentTechAward
Kanal chatiga qo‘shiling: https://t.me/uztechaward
2023-05-01