16-iyul kuni soat 18:00 da IT Parkʼda “Top universitetlardagi startaplar: qabuldan to loyihani ishga tushirishgacha” mavzusida Startup Meetup bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda Valera Arakelyan spiker boʻladi. Uchrashuvda Valera yetakchi xalqaro universitetlarga oʻqishga kirish va o‘qish tajribasi bilan boʻlishadi. Bundan tashqari, u “Freshman Academy” startapining ishga tushirilishi haqida gapiradi. Uchrashuv doirasida Ayvi Ligasi (Ivy League) va boshqa nufuzli universitetlardagi startap madaniyati ham muhokama qilinadi.
Sessiya yakunida meetupʼning barcha ishtirokchilari uchun networkingʼni yo‘lga qo‘yish maqsadida kofe-breyk tashkil etiladi.
Tadbir rus va ingliz tillarida boʻlib oʻtadi.
Manzil: IT Park Tashkent (Maxtumquli, 1A).
Seminarga quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin: https://forms.gle/Byvror3E5NJz76Jy6 .
Spiker haqida maʼlumot:
Valera – Yale-NUS College bitiruvchisi. Uning “Freshman Academy” startapi butun O‘zbekiston bo‘ylab dunyoning eng yaxshi universitetlariga o‘qishga kirish boʻyicha yetakchilardan hisoblanadi. “Freshman Academy” talabalari orasida Yale University, UChikago, NYUAD va dunyoning boshqa koʻplab nufuzli universitetlariga o‘qishga kirgan yoshlar ham bor.
2022-07-13