«mGovAward» - bu eng yaxshi mobil ilovalarni ishlab chiqishga bag‘ishlangan Oʻzbekistondagi birinchi keng miqyosli tanlov boʻlib, unda faqat OTM talabalari, kollej/lisey hamda maktab oʻquvchilari ishtirok etishlari mumkin.
Barcha istovchilar oʻz qobiliyatlarini quyidagi 5 yoʻnalishda sinab koʻrishlari mumkin:
Loyihalarni baholashda qoʻllaniladigan asosiy mezonlar: boʻlgʻusi loyihaning samaradorligi, uning innovatsion xususiyatlari va ishlatishdagi qulayligi.
«mGovAward» tanlovi yordamida siz nafaqat oʻz kuchingizni oʻzingizga oʻxshagan katta maqsadli yoshlar oʻrtasida sinab koʻrishingiz, balki oʻz mahsulotingizni yaratganingiz uchun pullik sovrinni ham qoʻlga kiritishingiz mumkin! Aniqroq aytganda: tanlov gʻolibi 50 000$, ikkinchi oʻrin sohibi 30 000$, uchinchi oʻrin egasi – 20 000$ miqdoridagi yutuqqa ega boʻladi.
Arizangizni quyidagi manzilga yuborishga shoshiling: https://awards.tra.gov.ae/#/page/login. Chunki muddat tugamoqda – arizalarni qabul qilish jarayoni 2020-yil 10-fevral kuni yakunlanadi!
Eslatib oʻtamiz, mazkur tanlov IT Park tomonidan O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʻmagida Birlashgan Arab Amirliklari hukumati bilan hamkorlikda oʻtkazilmoqda.
2020-02-03