Vazir Grantlari uchun hikoyalar tanlovining g‘oliblarini taqdirlash marosimi!

2022-yilning 3-fevral kuni Vazir Granti tanlovining g‘oliblariga mamlakatimizdagi istalgan IT-Markazda IT-mutaxassisliklari bo‘yicha bepul o‘qish uchun qimmatbaho sertifikatlar topshirildi hamda kursni muvaffaqiyatli tamomlagandan so‘ng ular noutbuk yutib olishlari mumkin va IT-kompaniyalarga ishga joylashishlari mumkin.






 

 Musobaqa g‘oliblari quyidagilar bo‘ldi:

 1. Nargiza Arziyeva – Toshkent shahri;

 2. Kamron Kamolov — Toshkent shahri;

 3. Ravshanbek Isakov — Toshkent shahri;

 4. Samandar Safarov – Toshkent viloyati;

 5. Ogabek Xidoyatov – Toshkent viloyati;

 6. Abubakir Yunusaliyev – Farg‘ona viloyati;

 7. Malohat Bobozaripova – Qashqadaryo viloyati;

 8. Shaxnoza Barakayeva – Buxoro viloyati;

 9. Nargiza Barakayeva – Buxoro viloyati;

 10. Ziyovuddin Nomozov — Samarqand viloyati.












 Eslatib oʻtamiz, 2021-yilning 20-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov “Yoshlar forumi-2021”da ishtirok etib, hikoyalar tanlovini eʼlon qilgan edi. Tanlov doirasida 10 nafar eng yaxshi hikoya muallifi IT-Markazlarida o‘qish uchun grant yutib olish uchun kurashadilar.

 Tanlov ishtirokchilari o‘z hayotlari haqida hikoya yozib, unda nima uchun IT-mutaxassis bo‘lishni xohlashlari va bu ularning hayotlarini qanday yaxshilashini aytib berishlari kerak edilar.

2022-02-04