VRonica – bu IT Parkning hamkori bo’lgan va tez rivojlanayotgan axborot texnologiyalari sanoatida ortda qolmaslikni istagan yosh va o’ziga ishongan yigitlardan iborat bo’lgan kompaniya. Jamoa mobil ilovalarni, 3D/2D kontentni, shuningdek mobil o’yinlarni ishlab chiqish bo’yicha tajribali mutaxassislardan iborat.
VRmuseum – bu VRonica kompaniyasining volontyorlik loyihasi. Karantin davrida, shahar atrofida harakatlanish vaqtincha cheklanganligi sababli, VRonica muzeylarni qo’llab-quvvatlashga va ular uchun virtual turlarni yaratishga qaror qildi. Endi Toshkent muzeylariga, dunyoning qaysi joyida bo’lishidan qat’i nazar, uydan chiqmasdan tashrif buyurish mumkin.
Loyiha Yoshlar ittifoqi, Madaniyat vazirligi va Innovatsiya vazirligi ko’magida amalga oshirilmoqda.
Ushbu loyihaning maqsadi – Toshkent muzeylariga virtual sayohatni tashkil etish. Virtual ekspozitsiyalar maktab o’quvchilari, talabalar, shuningdek, viloyatlarda bo’lgan va muzey ishlariga qiziqqan yoki o’rganayotgan, ammo poytaxtga tez-tez bora olmaydigan har bir kishiga yordam berishi mumkin.
Toshkentdagi mavjud va rejalashtirilayotgan muzeylar statistikasi:
Rejalashtirilgan-26
Suratga olingan-13
Qayta ishlashda – 7
Tarmoqqa joylangan-6
Tarmoqqa joylanganlar ro’yxatiga quyidagilar kiradi:
Loyihani qo’llab-quvvatlash va rasmiy sherik bo’lishni istaganlar quyidagi manzilga yozishlari mumkin: info@vronica.uz
Virtual muzey sayti: vrmuseum.uz
VRonica veb-sayti: http://www.vronica.uz/
2020-05-05