Xorazm viloyatida “Xorazm Ideathon” tanlovi yakunlandi. Tanlov IT-parkning Xorazm filiali tomonidan Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Tanlovda ishtirok etish uchun jami 42 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, ulardan 37 tasi saralab olindi.Tanlov davomida ishtirokchilar sun’iy intellekt, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, ijtimoiy himoya va bandlik kabi yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalarini taqdim etdilar.
Ideathon g'oliblari:
1-o‘rin: “Talabalarning amaliyot o‘tashi va bandligini monitoring qilish loyihasi” – yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan;
2-o‘rin: tibbiyot sohasiga oid “Sog‘liqni saqlash sohasida bemorga yo‘naltirilgan yondashuv” loyihasi;
3-o‘rin: “Dehqon Bot” loyihasi. Aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan.
Tanlov g‘oliblari planshet, smartfon va simsiz quloqchinlar kabi qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar.
Eslatib o'tamiz, ideaton - bu turli sohalardagi mutaxassislar kompaniya ichidagi biznes jarayonlarini takomillashtirish bo'yicha g'oyalar ishlab chiqishiga qaratilgan musobaqadir.
2022-05-20