Joriy yilning 20-noyabr kuni IT Parkʼning Xorazm viloyati filiali rahbarligida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining viloyat hududiy boshqarmasi ko‘magida Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida “Istiqbolli IT loyihalar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Tanlov fan, maishiy xizmat, qurilish, arxitektura, transport, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, san’at, sport va turizm kabi yo‘nalishlarda o‘zining IT loyihasini amalga oshirish istagida bo‘lgan iqtidorli yoshlar uchun tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar turli biznes yechimlarini taqdim etish va amalga oshirishga qaratilgan innovatsion g‘oyalarini taqdim etdilar. Tanlov ishtirokchilari tajribali IT mutaxassislaridan iborat hakamlar hay’atidan o‘z loyihasini yanada rivojlantirish bo‘yicha maslahat va tavsiyalar olishdi.
Tanlov yakuniga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar g‘olib deb topildi:
1-o‘rin – Jumaniyozov Umidbek “Edulife” loyihasi bilan;
2-o‘rin – Qurbonboyev Jamshidbek “Avtomatlashgan tizimlar” loyihasi bilan;
3-o‘rin – Abdusharipov Bekdiyor “GoTest” loyihasi bilan.
Tadbir so‘ngida tanlov g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alari va sertifikatlari bilan taqdirlandi
2021-11-27