Xorazmda IT markazi! 

Biz IT markazlar ochishda davom etmoqdamiz va navbatdagi markazimiz bu safar Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida ochildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning aholi va yoshlar tomonidan kompyuter texnologiyalaridan keng va samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlikka jalb etishni ko‘zda tutgan “Besh tashabbus”ning uchinchisini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi aholi, ayniqsa, yoshlar tomonidan kompyuter texnologiyalaridan keng va samarali foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ma’lum qildi.

Axborot texnologiyalari markazining tantanali ochilish marosimida Bog‘otda Bosh vazir maslahatchisi, Axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish departamenti boshlig‘i Olimjon Umarov hamda IT markazlar vakillari ishtirok etdi.

Bog‘otdagi IT markazi yosh avlodning quyidagi yo‘nalish bo‘yicha ta’lim olishi va rivojlanishi uchun barcha zarur sharoitlarga ega:

- Kompyuter savodxonligi;

- Chuqurlashtirilgan MS Office;

- Veb dasturlash tillari;

- Grafik va dizayn asoslari;

- Mobil ilovalarni yaratish;

- Python dasturlash tili;

- Arduino va LEGO Mindstorms asosida ishlaydigan mobil robotlar;

- Va eSPORTS: CS: GO, Dota2, FIFA20.

Ma’lumot uchun:

Hozirgacha mamlakatimizda 53 ta IT markazi ochildi. 2021-yil oxiriga qadar O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab 203 ta IT markaz ochilishi rejalashtirilgan.

Bizning yangiliklarimizni kuzatib boring va navbatdagi IT markaz ochilishini o‘tkazib yubormang!

IT markazlar xaritada: https://itcenter.uz/map/

2020-10-05