Xorazmda “Khorezm Invest” Хalqaro invеstitsiya forumі o‘tkazilmoqda

Joriy yilning 21–22-sеntabr kunlari Xorazm viloyatining Хiva shahrida “Khorezm Invest” Хalqaro invеstitsiya forumі bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur Forum Xorazm viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda IT Park Uzbekistan hamkorligida tashkil etildi. Unda jahon invеstorlari, biznеs yetakchilari, hukumat vakillari hamda tadbirkorlar ishtirok etmoqda.

Bu Xorazmning noyob sarmoyaviy salohiyatini namoyish etadi hamda viloyatning zamonaviy ishlab chiqarish va IT startaplaridan tortib turizm va madaniy merosgacha barqaror o‘sish va innovatsiyalar uchun yuksalib borayotgan markaz ekanligini ochib beruvchi tadbir hisoblanadi.

Forumda Xorazm viloyatining hokimi va vazirlik va idoralarning rahbarlari hamda boshqa bir qator martabali mehmonlar nutq so‘zladilar. Shuningdek, Forumda IT Park Uzbekistan Bosh direktori Abdulahad Kuchkarov ma’ruza qildi va forum ishtirokchilari jumladan xorijiy investorlarga mamlakatimiz hamda Xorazm viloyatining yuqori IT salohiyati va investitsion jozibadorligi to‘g‘risida muhim ma’lumotlar berdi.

Mazkur Forum yuqori darajadagi B2G va B2B uchrashuvlaridan tortib, “G‘oyadan biznesga” kabi sessiyalargacha yangi hamkorliklar, ilg‘or g‘oyalar va inqilobiy loyihalar uchun zamin yaratadi.

2025-09-22