29-iyun kuni Xorazmda yangi BPO markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda AKT vazirligi vakillari, IT-park direktori o‘rinbosari Fayzulla Aripjonov, Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyev, AKTni rivojlantirish vazirligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i Zafarbek Karimov, IT-park xodimlari va OAV vakillari ishtirok etdi.
Markazning asosiy maqsadi yoshlar bandligini ta’minlash, xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik qilish imkoniyatini yaratish va IT-xizmatlar eksportini oshirishdan iborat.
Yangi markaz AKT vazirligi ko‘magida The United One MChJ negizida tashkil etilgan.
U logistika va yuk mashinalarining harakatini nazorat qilish sohasida faoliyat yuritish maqsadida tashkil etildi. BPO-maktabi o‘nlab malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan.
2022-06-30