Xorijiy IT-kompaniyalar vakillari Xorazm viloyatiga tashrif buyurishdi

Epam, Itransition, Exadel, iTechArt kabi xorijiy IT-kompaniyalar vakillari Xorazm viloyatiga tashrif buyurishdi.

Tashrifdan maqsad – axborot texnologiyalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar, hamda, IT sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishish.

Tashrif doirasida kompaniya vakillari Urganch shahridagi IT Park filiali faoliyati bilan tanishdilar.  Bundan tashqari, mehmonlar oliy o‘quv yurtlari va axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan maktablarda bo‘lishdi.

Tadbir yakunida hamkorlikning kelgusidagi yo‘nalishlari belgilab olindi, hamda, ushbu kompaniyalarning vakillarini Xorazm viloyatiga jalb qilish rejalari muhokama qilindi.

2022-04-20