Joriy yilning avgust oyida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda IT Park’ning Xorazm filiali tomonidan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti filiali bilan birgalikda Urganch shahrida tashkil etilgan “Yozgi maktab”da darslar boshlandi. “Yozgi maktab” ingliz tilini o‘rganish, dasturlash va sport tadbirlarini o‘z ichiga qamrab oladi.
“Yozgi maktab” kurslarining asosiy tinglovchilari 30-sonli IT maktab o‘quvchilari, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali va unga biriktirilgan akademik litsey talabalari hamda ularning o‘qituvchilari bo‘lishdi.
“Yozgi maktab” o‘quvchilari IT sohasidagi etakchi mutaxassislardan dasturlash darslariga qatnay boshladilar, ular Python va Java kabi mashhur dasturlash tillarini, shuningdek chet ellik o‘qituvchilardan ingliz tili darslarini o‘rganishdi.
Ingliz tili darslarini Amerika Qo‘shma Shtatlaridan kelgan professional tilshunos Karolina Mesa olib boradi. Ona tilida so‘zlashuvchilar bilan darslar ona tilidagi so‘zlardan foydalanmasdan ingliz tilini o‘zlashtirish jarayonini tezlashtirish imkonini beradi, bu yangi tilni o‘rganishning asosiy omili hisoblanadi.
Mashg‘ulotlar o‘rtasida netvorking yaratish uchun interaktiv kofe-breyklar tashkil etildi, mashg‘ulotlardan keyin esa talabalar futbol, voleybol va boshqa sport turlari bo‘yicha sport tadbirlaridan bahramand bo‘lishadi.
Ta‘kidlash joizki, “Yozgi maktab”dagi barcha darslar bir oy mobaynida o‘tkaziladi, bu vaqt davomida o‘quvchilar dasturlash bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshiradilar, shuningdek ingliz tilida yaxshiroq gapira boshlaydilar.
Bunday ta’lim muassasalarining ochilishi va dasturlash kurslarining o‘tkazilishi aholi o‘rtasida axborot texnologiyalari va zamonaviy davrda ingliz tilini o‘rganishning ahamiyati to‘g‘risida xabardorlikni oshirishga yordam beradi. Darslar bilan birgalikda sport mashg‘ulotlarini o‘tkazish ham jarayonni yanada qiziqarli va zavqli qiladi.
2021-08-12