Yakkasaroy tumanida IT Park tomonidan 130ta ko‘chat ekildi

IT Park daraxt ekish aksiyasida ishtirok etdi.  Jami korxona xodimlari poytaxtimizning Yakkasaroy tumanida 130ta daraxt ko‘chatlari ekdi. 

“Yashil Makon” tashabbusi doirasida ko‘chat ekish bo‘yicha keng ko‘lamli tadbir o‘tkazildi.

 “Yashil Makon” (“Yashil oʻlka”) tashabbusi 2021-yil noyabr oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan edi.  Dasturda kelgusi besh yil ichida mamlakatimiz bo‘ylab 1 milliard daraxt va buta ekish ko‘zda tutilgan.

 Loyiha shahar markazlarida toza havoni saqlash, inson hayotini saqlab qolish va aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan.

2022-04-23