Yangi vakansiya: IT Park hisobchi buxgalter izlamoqda

IT Parkʼda hisobchi buxgalterlik boʻyicha boʻsh ish oʻrni ochilganini sizlarga maʼlum qilamiz. Biz tashabbus koʻrsatadigan va natijalarni koʻrsata oladigan, shuningdek buxgalteriya hisobi boʻyicha tajribaga ega boʻlgan faol xodimni qidirmoqdamiz.

Biz izlayotgan buxgalter nimani bilishi va nimalarga ega boʻlishi kerak?

- buxgalteriya hisobi boʻyicha oliy maʼlumot;

- buxgalteriya hisobi, soliq va mehnat qonunchiligini bilish;

- shartnomalar va dastlabki hujjatlar bilan ishlash tajribasi;

- buxgalteriya hisobi sohasida 2 yildan 6 yilgacha boʻlgan ish tajribasi;

- bardoshlilik, kichik detallargacha eʼtibor, qatʼiyatlilik;

- Word dasturida professional ishlay olish, Excelʼni jadvallar (formulalarni) tuzish darajasida bilish;

- rus, oʻzbek tillarida savodli yozma va ogʻzaki nutqni bilish;

- 1C Buxgalteriya, Klient-Bank, MEDOK ofis dasturlaridan ishonchli foydalanish.

 

Shuningdek:

 

- davlat tashkilotlariga xatlarni tayyorlash va yozish;

- aloqalar oʻrnatish, boshqa odamlar bilan konstruktiv va oʻzaro foydali suhbatlasha olish qobiliyati;

- bir vaqtning oʻzida turli xil vazifalar bilan ishlash;

- qisqa vaqt ichida natijalarga erishish mahorati (qobiliyati);

- loyihalar uchun buxgalteriya asoslarini tayyorlash, IT-yechimni amalga oshirishdan byudjet mablagʻlarini aniqlash uchun hisob-kitoblarni tayyorlash.

Moliya vazirligi tizimidagi tajriba ustunlik beradi.

Ish haqi - suhbat natijalariga koʻra.

Arizalarni bu erga yuboring: hr@it-park.uz

2021-03-31