IT Parkʼga davlat tashkilotlari bilan ishlashni biluvchi, tajribali, muomalali va eng muhimi qanoatli mutaxassis zarur.
Talablar:
1. Muzokara va ish yuzasidan suxbatlar olib borish koʻnikmasi;
2. Oʻzbek va rus tillarini bilish;
3. Mamlakat boʻylab xizmat safarlariga tayyor boʻlish;
4. IT loyihalar, davlat tashkilotlari boshqaruvi sohasida ish tajribasi.
Majburiyatlar:
1. Davlat tashkilotlari ishiga tatbiq qilish uchun IT Park rezidentlari (IT kompaniyalar) loyihalarining istiqboli va dolzarbligini tahlil qilish;
2. IT Park rezidentlari loyihalarini davlat tashkilotlarida oʻzaro aloqadorligi va rivojlanishini tashkil qilish;
3. IT Park rezidentlari loyihalari haqidagi maʼlumotlarni toʻplash, tayyorlash va taqdim qilish;
4. Rezidentlar tomonidan taqdim qilingan maʼlumotlardan kelib chiqib ularning ayni damdagi ehtiyoj va muammolarini aniqlash;
5. Rezident kompaniyalar faoliyati va mahsulotlari haqida Boshqa manfaatdor tashkilotlarda istiqbolda rivojlantirish maqsadida taqdimot materiallari tayyorlashda koʻmaklashish;
6. IT Park rezidentlari loyihalarini amalga oshirish haqida boshqa manfaatdor tashkilotlarga tegishli takliflarni tayyorlash, jumladan bu uchun kerakli hujjatlarni rasmiylashtirish;
7. IT Park rezidentlariga mavjud davlat buyurtmalari haqida xabar berib borish, kerakli kuzatuv xatlari tayyorlash, muzokaralar olib borish.
Talab qilinadigan ish tajribasi: 1 yildan kam boʻlmagan.
Sharoitlar:
- Toʻliq bandlilik;
- Ish kunlari: 5 kun (9:00-19:00)
- Maosh: 4 000 000 soʻmdan boshlab (qoʻlga tegishi) + ijtimoiy paket
- Istiqbolli karyera
Rezyumelarni shu manzilga yuborish mumkin: hr@it-park.uz
2020-11-24