"Yilning startap-loyihalari" tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi

2021-yil 9-dekabr kuni IT Park rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko'magida Qarshi davlat universiteti talabalari uchun “Yilning startap-loyihalari” tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovning maqsadi universitet talabalarining startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va ularni innovatsion faoliyatga jalb etishdan iborat.

Startap loyihalar tanlovida 34 nafar talaba ishtirok etdi, ulardan 3 nafari g‘olib bo‘ldi.

Natijada g‘oliblar:

1-o‘rin – Ibragimov Shohjaxon 2-bosqich talabasi.  Asosiy stipendiyaning uch baravari miqdorida moliyaviy yordam oldi.

2-o‘rin – 1-bosqich talabasi Begmatov Bekzod.  Asosiy stipendiyaning ikki baravari miqdorida moliyaviy yordam oldi.

3-o‘rin – Daminov Sanjar 3-bosqich talabasi.  Bir martalik asosiy stipendiya miqdorida moliyaviy yordam oldi.

Shuningdek, tanlov ishtirokchilari o'zlarining startap loyihalarini ishga tushirishda zarur bo'ladigan tajriba va zarur bilimlarga ega bo'lishdi.

2021-12-16