10 ta IT kompaniya IT Park rezidenti maqomini oldi
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 589-son qarori doirasida IT Park IT kompaniyalarni rezident sifatida ro‘yxatga olib, ularga faoliyatning dinamik rivojlanishi uchun imtiyozlar taqdim etadi.
IT kompaniyalari va IT o‘quv markazlari IT Park rezidentlari hisoblanadi va ularga quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi:
- daromad solig‘I – 7,5%;
- korporativ soliq – 0%;
- ijtimoiy soliq – 0%;
- O‘z ehtiyojlari uchun olib kirilayotganda bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi.
IT Park direksiyasining 2021-yil 29-oktyabrdagi qarori bilan 10 ta IT kompaniya IT Park rezidenti maqomini oldi:
- IT ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi “MARS IT SCHOOL” MCHJ, “VIRTUAL GROUP” MCHJ hamda “MONDAY LABS ACADEMY” MCHJ;
- AQSH kompaniyalari uchun IT autsorsing faoliyatini amalga oshiruvchi «ROBOTIC-AI»MCHJ, «LOGIXICS»MCHJ, «AR-GLOBAL-LOGISTIC»MCHJ;
- Germaniyadan kelgan mijozlar kompaniyalari uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqish xizmatlarini ko‘rsatuvchi “AFC GLOCAL” MCHJ;
- 1C-Bitriks dasturiy ta’minotini joriy qiluvchi va unga xizmat ko‘rsatuvchi «ZORKIN» MChJ;
- «UPGRADE»MChJ – kichik va o‘rta biznes uchun butun chakana savdo jarayonini avtomatlashtirishga qaratilgan Mobisklad dasturiy ta‘minotini ishlab chiqaruvchisi;
- veb-saytlarni ishlab chiquvchi «FIREBOX» MChJ, shuningdek, «MyCenter» CRM tizimi.
Yangi rezidentlar orasida Namangan viloyatidan «VIRTUAL GROUP» MChJ va Buxoro viloyatidan «MONDAY LABS ACADEMY»MChJ, Jizzax viloyatidan «FIREBOX» MChJ, qolganlari esaToshkent shahridandir.
Shunday qilib, bugungi kunda 485 IT kompaniya IT Park rezidentlari hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, IT Park rezidenti maqomini olish uchun yuridik shaxslar o‘z arizalari va biznes-rejalarini https://it-market.uz/ elektron portali orqali yuborishlari mumkin.
2021-11-16