100 million dollarli “Fintech” kompaniyasida vakansiyalar ochildi!

“AlifTech” IT Park rezidenti “Fintech” kompaniyasi quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha vakansiyalar e’lon qildi.

- DevOps engineer;

- IT headhunter;

- Middle/Senior QA engineer;

- Middle/Senior C# developer;

- Middle IT Scrum master;

- Support bo‘yicha menejer;

- Senior/Middle GO developer.

“AlifTech” professional va martabali o‘sish, qiziqarli tashqi loyihalar, do‘stona muhit va kompaniya ichidagi rivojlanishiga individual yondashish imkoniyatini beradi.

Shuni alohida ta’kidlashni istardikki, yaqinda “Fintech” kompaniyasi 100 000 000 dollarga sarmoya kiritildi. “Alif” o‘z xodimlariga 100 dan ortiq ishchilarga aktsioner bo‘lish imkoniyatini beradigan (ESOP) aktsiyalarga egalik qilish imkoniyatini taqdim etishni va’da berdi. Oxirgi hisob-kitoblarga ko‘ra, umumiy opsiyalar to‘plami 25 000 000 dollarni tashkil etadi. Bugungi kunda kompaniyaga Tojikiston, O‘zbekiston va Rossiyada 700 mingdan ortiq foydalanuvchilar ishonishadi.

800 professionallardan iborat jamoaga qo‘shiling hamda tarix va katta oilaning bir qismiga aylaning.

Savollar bo‘yicha Telegram (@aliftech_hr)ga murojaat qilishingiz mumkin.

2021-09-10