2020-yilning 6-dekabr kuni IT Park va Dubai Future Foundation tomonidan tashkil qilingan “IT Park Cup” sport dasturlash boʻyicha chempionatning final bosqichi boʻlib oʻtdi. Ushbu tur doirasida ishtirokchilar gʻoliblik unvoni hamda $30 000 sovrin jamgʻarmasi uchun kurash olib bordi.
Saralash bosqichidan soʻng, jami roʻyxatdan oʻtgan 640 ishtirokchi orasidan eng yuqori ball toʻplagan 120 ishtirokchi final bosqichiga yoʻl olgan edi.
Final bosqichining natijalariga koʻra, quyidagi ishtirokchilar chempionat va pul mukofotlarining goʻliblariga aylanishdi:
A (kattalar) divizioni gʻoliblari:
1-oʻrin - Hojiev Sunatullo Nasriddin oʻgʻli, 10000 AQSh dollar miqdoridagi mukofot goʻlibi.
2-oʻrin - Baltabaev Nazarbek Kamoliddin oʻgʻli, 6000 AQSh dollar miqdoridagi mukofot goʻlibi.
3-oʻrin - Gʻaniev Asadullo Maxmud oʻgʻli, 4000 AQSh dollar miqdoridagi mukofot goʻlibi.
B (bolalar) divizioni gʻoliblari:
1-oʻrin-Xoʻjakulov Dilshodbek Zafar oʻgʻli, $5 000 miqdoridagi mukofot goʻlibi.
2-oʻrin -Oʻrinov Azimjon Kamalievich, $3 000 miqdoridagi mukofot goʻlibi.
3-oʻrin – Fayzieva Yuliya Faxriddinovna, $2 000 miqdoridagi mukofot goʻlibi.
Eslatib oʻtamiz, sport dasturlash – bu intellektual sportning turli koʻrinishlari boʻlib, unda dasturchilar ommabop dasturlash tillaridan foydalangan holda murakkab algoritmli vazifalarni tezlikka ishlashi kerak boʻladi – asosan C/C++, Kotlin, Java va Python.
INHA Universitetiga chempionatning final bosqichi uchun maydon bergani uchun, MIPT’ga vazifalar to'plamini taqdim etgani uchun, shuningdek, olimpiadaning texnik hamkori Yandeks kompaniyasiga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz. Har qanday darajadagi musobaqalardagi (maktab olimpiadalaridan tortib xalqaro musobaqalarga qadar) vazifalarni avtomatlashtirilgan tekshirish uchun moʻljallangan Yandex.Contest platformasi musobaqada yordam berdi.
Ma’lumot uchun:
Hozirgi kunda “Yandeks” kompaniyasi ekotizim boʻlib, undagi mahsulotlarining aksariyati talaba va oʻquvchilarning kundalik hayotida foydali boʻlishi mumkin va ular Oʻzbekistonda Izlash, Pochta, Musiqa, Taksi kabi platformalarda mavjud. Shuningdek, u biznes uchun yechim roʻlini oʻynaydi. Masalan, Yandex.Direct’dagi reklama.
2020-12-21