7 ta eng zoʻr mobil ilovasi “mGovAward” final bosqichiga oʻtdi!

2020 yil 19 avgust kuni talabalar oʻrtasida eng yaxshi mobil ilovalarni yaratish“mGovAward” tanlovining Demo Dayʼi boʻlib oʻtdi. Unda 264 ta raqiblar orasidan tanlab olingan 18 ta guruh ishtirok etdi.

Eslatib oʻtamiz, “Davlat mobil ilovalarini ishlab chiqish” yoʻnalishi boʻyicha BAA bilan hamkorlik doirasida davlat mobil ilovalarini yaratishni ragʻbatlantirish uchun BAA kelajak va hukumat ishlari Vazirligi bilan birgalikda tanlov yoʻlga qoʻyilgan edi.

“ICTWEEK UZBEKISTAN 2019“ axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftasi doirasida 2019 yil 26 sentyabrida tanlov rasman eʼlon qilindi. 2019 yil oktyabr-noyabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida keng miqyosdagi road-shou tanlovi boʻlib oʻtdi. IT Park vakillari respublikamizdagi 12 ta hudud va Qoraqalpogʻiston avtonom Respublikasi boʻylab 4930 kmʼni bosib oʻtib 60 soatdan ortiq chiqish qilib 53 ta universitet va institutda tahsil oluvchi 4 700 ta talaba bilan muloqot qilishdi.

Bundan tashqari, tanlovni yoritish boʻyicha faol ishlar olib borildi: televizion reklama, metro va yurtimiz oliy taʼlim muassasalarida reklama qogʻozlari joylab chiqildi, mobil operatorlar orqali 25 milliondan ortiq sms-xabarlar yuborildi va boshqalar.

2019 yil 26 sentyabr va 2020 yil 10 fevral oraligʻida https://mgovaward.uz/ — tanlov rasmiy sayti orqali 264 ta qatnashish uchun arizalar kelib tushdi, ularning 95 tasi oʻz mobil ilovasiga ega.

Tanlov ishtirokchilari 5 yoʻnalish boʻyicha mobil ilovalarni ishlab chiqishdi, xususan, taʼlim sohasida (27), sogʻliqni saqlash (21), tadbirkorlik (19), turizm (22), transport va logistika (6).

Dasturlash va loyihalarni yaxshilash sifatini oshirish maqsadida 2020 yilning 18-19 yanvar kunlarida ikki kunlik intensiv vorkshop oʻtkazildi. Yurtimizning 6 ta hududidan 60 ta guruh dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishda koʻpyillik tajribaga ega mentorlar maʼruzalarini tinglashdi.

BAA, vazirlik va davlat mahkamalari vakillari bilan birgalikda tanlov komissiyasi (jyuri) tashkil etildi, shuningdek 2020 yilning 28-29 fevral kunlari 97 ta guruh oʻrtasida mobil ilovalarni baholash boʻlib oʻtdi, mazkur bosqichda 18 ta jamoa yarim finalga oʻtdi.

Demo Dayʼga qabul qilingan jamoalar:

1. Sayiha team (Taʼlim)

2. Roboteach (Taʼlim)

3. Academics (Taʼlim)

4. a1tech group2 (Taʼlim)

5. FazonCo (Taʼlim)

6. Feniks (Taʼlim)

7. Code Sys (Taʼlim)

8. Vibranium technologies (Turizm)

9. ChimgaGo (Turizm)

10. RangeDroid (Turizm)

11. Imam Bukhari (Turizm)

12. E-care (Sogʻliqni saqlash)

13. iMed ((Sogʻliqni saqlash)

14. Lider (Tadbirkorlik)

15. Shaxcar Tadbirkorlik)

16. Without borders Tadbirkorlik)

17. Decoders (Transport va logistika)

18. Engineers (Transport va logistika)

Demo Day natijalariga koʻra, Birlashgan Arab Amirliklari va oʻzbekistonlik vakillardan tashkil topgan ekspertlar komissiyasi mavjud 18 ta ilovani baholashdi va 7 ta eng yaxshi deb topilganlari final bosqichiga oʻtgan deb maʼlum qilindi.

Final bosqichiga qabul qilingan 7 mobil ilova:

1 Sahiya team - Sahiya (Taʼlim)
2 Roboteach team - Roboteach (
Taʼlim)
3 FazonCo team - aboo (
Taʼlim)
4 CodeSys team - CodeSys (Taʼlim)
5 Imam Bukhari team Seven Pirs (Turizm)
6 iMed - EYECERIA (Sogʻliqni saqlash)
7 Shaxcar - CarWon (Tadbirkorlik)

Final bosqichi Telegram-bot orqali ochiq ovoz berish koʻrinishida amalga oshiriladi va uning natijalariga koʻra, 3 gʻolib aniqlanadi. Gʻoliblar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:

1-oʻrin — $50,000

2-oʻrin- $30,000

3-oʻrin — $20,000

Ochiq ovoz berish tafsilotlarini tez kunlarda eʼlon qilamiz!


Jonli efirga havola: https://www.youtube.com/watch?v=NhSGHnuePks

2020-08-19