“9 ta sohani raqamlashtirish” loyihasi doirasida Demo Day bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 16-17-iyul kunlari “9 ta sohani raqamlashtirish” loyihasi doirasida Demo Day bo‘lib  o‘tdi. Unda ishtirokchilar turli sohalardagi startaplarini namoyish qilishdi.
 

Loyihada ishtirok etish istagini bildirgan 350 ta ariza ichidan 162 tasi saralab olindi. Birinchi bosqichni tamomlagan ishtirokchilar uchun vazirlik va idora vakillari tomonidan treker sessiyalari, 17 ta ma’ruza va 5 ta modulni o‘z ichiga olgan 2 oylik akseleratsiya dasturini tashkillashtirildi.

Har bir modulda ishtirokchilar mahsulot va bozor tadqiqotlaridan tortib moliyaviy va biznes modellashtirishga, shuningdek sotish, marketing va brendlashgacha bo‘lgan turli mavzularni o‘rganib borishdi.

Barcha mashg‘ulotlar ko‘p yillik stajga ega tajribali mahalliy va xorijiy ekspertlar tomonidan o‘tkazildi.

Natijada, Demo Dayda 27 ta loyiha ishtirok etdi.


Loyihalar quyidagi sohalar boyicha namoyish etildi:

1. Qishloq xojaligi;

2. Bank sohasi;

3. Qurilish;

4. Transport;

5. Sog‘liqni saqlash;

6. Ta’lim;

7. Energiya;

8. Yer resurslari, geodeziya, kartografiya, davlat kadastri;

9. Geologiya, mineral resurslar.

Demo Day mehmonlari sifatida investorlar, venchur fondlari, xususiy banklar, klinikalar, dorixonalar, qurilish kompaniyalari, xususiy maktablar, institutlar ishtirok etdi.

Demo Dayda namoyish etilgan loyihalar:

 


 

Loyihalar quyidagi hakamlar hay’ati tomonidan baholandi:

- Jahon bankining “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasi innovatsion faoliyati koordinatori Regina Sattarova;

- O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi raqamli sanoatni rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Javohir Azimov;

- “Seed Mentors” (Buyuk Britaniya) venchur kompaniyasi direktori, “Accel Capital Partners” (Buyuk Britaniya) kompaniyasi asoschisi va “Visatier” (Buyuk Britaniya) kompaniyasi asoschilaridan biri Muzaffar Saydiganiyev;

- FCB xalqaro marketing agentligida loyiha menejeri va marketolog Azizbek Qurbonov.

Natijada, Demo Dayda so‘zga chiqqan loyiha asoschilari oz loyihalarini yana rivojlantirish yuzasidan ekspertlar tomonidan foydali maslahatlar olishdi. Bundan tashqari, startap asoschilari o‘z loyihalarini rivojlantirish bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bolish bilan bir qatorda vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, shuningdek investorlar va venchur kapital fondlari bilan aloqalar ornatishga muvaffaq bolishdi.

2021-07-23