Acharya texnologiya instituti vakillari IT Parkʼga tashrif buyurishdi

 2022-yil 18-yanvar kuni Acharya texnologiya instituti vakillari IT Parkʼga tashrif buyurdilar.
 

 Uchrashuvda korporativ va jamoatchilik bilan aloqalar direktori Vishesh Chandrashekar, xalqaro ishlar va korporativ aloqalar bo‘yicha direktor yordamchisi Saubhik Kumar Dey, shuningdek, IT Park vakillari ishtirok etdilar.

 Tashrifdan ko‘zlangan maqsad IT Park faoliyati bilan yaqindan tanishish va hamkorlik yo‘nalishlarini belgilashdan iborat edi.  Uchrashuvda IT-ta’limni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi, shuningdek, bu yo‘nalishdagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

 Natijada institut vakillari O‘zbekistonda o‘z kampusini ochishga qiziqish bildirishdi.




 Institut haqida

 Acharya Texnologiya Instituti Hindistonning Bengaluru shahridagi xususiy muhandislik va menejment kollejidir.  Institut Visvesvaraya Texnologiya Universiteti (VTU) bilan bogʻlangan va Milliy Akkreditatsiya Kengashi (NBA) tomonidan akkreditatsiya qilingan.  Institut 2000-yilda tashkil etilgan va 11 ta bakalavriat kurslari hamda 8 ta aspirantura kurslarini taklif etadi.

 

2022-01-19