6-dekabr kuni O‘zbekistonga “Libermans Co” xoldingi asoschilari Devid va Daniil Liberman amaliy tashrif bilan keldi. Ular sun’iy intellekt, murakkab raqamli tizimlarni optimallashtirish va global bozorlar uchun mahsulotlar yaratish sohasidagi ishlanmalari bilan xalqaro texnologik hamjamiyatda keng tanilgan.
Toshkentda ular Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, IT Park Uzbekistan Kuzatuv kengashi raisi Farhod Ibragimov, IT Park Uzbekistan bosh direktori Abdulaxad Kuchkarov, shuningdek, mamlakatning raqamli ekotizimidagi boshqa muhim bo‘linmalar rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mehmonlar IT Park majmuasiga tashrif buyurib, data-markazlar infratuzilmasini o‘rganishdi va “Uzinfocom” ko‘rgazma zalida davlat IT-integratorining yechimlari bilan tanishdilar.
Libermans Co: o‘yin qoidalarini o‘zgartirayotgan kompaniya
2021-yilda tashkil etilgan “Libermans Co” xoldingi yangi turdagi kompaniya sifatida shakllangan: kelajakdagi iqtisodiy qiymat — daromadlar, intellektual mulk va yangi loyihalar — alohida ta’sischilarga emas, balki kompaniyaning o‘ziga biriktiriladi. Ushbu yondashuv investorlar uchun alohida mahsulotga emas, balki uni yaratgan ijodiy platformaga — asoschilarning salohiyatiga sarmoya kiritish imkonini berdi. Bugungi kunda “Libermans Co” 400 million dollarga baholanmoqda. Bu joriy loyihalarning salohiyatini ham, global venchur bozorining yetakchi vakillari tomonidan bildirilgan ishonchni ham aks ettiradi.
Aka-uka Libermanlar global texnologiya sanoatida katta tajribaga ega. Ular ko‘plab innovatsion yechimlar, jumladan, mobil ilovalar ishlashini optimallashtiruvchi va raqamli infratuzilmaning barqarorligini oshiruvchi “Product Science” platformasini yaratgan. Ularning faoliyatidagi alohida yo‘nalish — “Humanism”, kelajak iqtisodiyotining strategik resursi sifatida insonlar va ularning kompetensiyalariga sarmoya kiritish vositasi.
Bungacha David va Daniil bir qancha loyihalarning hammuassislari bo‘lishgan, ulardan ba’zilari yirik texnologik kompaniyalar tarkibiga integratsiya qilingan. Xususan, ularning “Kernel AR” mahsuloti “Snapchat” korporatsiyasi tomonidan sotib olingan. “Snap” kompaniyasida ular rahbarlik lavozimlarida ishlab, kengaytirilgan reallik va istiqbolli texnologiyalar bo‘yicha ilg‘or tashabbuslarni rivojlantirishda ishtirok etishgan. Bu esa ularning global bozorlar uchun raqamli mahsulotlarni kengaytirish bo‘yicha chuqur tajribasini shakllantirgan.
Bugungi kunda “Libermans Co” kompaniyasining asosiy loyihasi — “Gonka”, sun’iy intellekt uchun yuqori samarali hisoblash quvvatlarini birlashtiruvchi markazlashmagan tarmoq. An’anaviy markazlashgan bulutli yechimlardan farqli ravishda, “Gonka” resurslarning tarkibiy yo‘qotishlarini kamaytirib, AI-modellarini o‘qitish hamda ishga tushirish bilan bog‘liq vazifalarni bajarishda maksimal samaradorlikni ta’minlaydi. Hisoblash quvvatlari uchun global raqobat va an’anaviy infratuzilmalarning cheklovlari sharoitida bu loyiha yangi avlodning eng muhim texnologik yechimlaridan biriga aylanish salohiyatiga ega.
O‘zbekiston — hisoblash va AI-texnologiyalarini rivojlantirish uchun istiqbolli hudud
Uchrashuv davomida mehmonlarga O‘zbekistonning raqamli transformatsiyasi bo‘yicha strategik yo‘nalishlari, jumladan, milliy hisoblash quvvatlarini rivojlantirish, IT-ekotizimni kengaytirish va xalqaro texnologik kompaniyalar uchun qulay tartibga solish rejimini yaratish rejalari haqida ma’lumot berildi.
IT sohasining rivojlanish dinamikasiga alohida e’tibor qaratildi. Prognozlarga ko‘ra, O‘zbekistonning IT-xizmatlar eksporti hajmi 2025-yilda 1 miljard dollardan oshadi, 2030-yilga kelib esa 5 milliard dollarga yetishi va 300 ming nafar IT-mutaxassislar zaxirasi shakllanishi kutilmoqda. Ekotizimning o‘sishi eksport geografiyasining kengayishi bilan birga kechmoqda: O‘zbekiston kompaniyalari Shimoliy Amerika, Yevropa, Buyuk Britaniya, MDH mamlakatlari va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bozorlarida faol ish olib bormoqda.
Aka-uka Libermanlar O‘zbekistonda IT sohasini davlat darajasida rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning keng qamrovli ekanligini ta’kidladilar. Ular raqamli qonunchilik sohasidagi tizimli islohotlarga, ayniqsa normativ-huquqiy bazani xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha sa’y-harakatlarga alohida e’tibor qaratdilar. Mehmonlarning fikricha, bunday yondashuv barqaror o‘sish va global texnologik kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish uchun poydevor yaratadi. Shu nuqtai nazardan, ular “Enterprise Uzbekistan” tashabbusining muhim ahamiyatini qayd etdilar — ushbu markaz xalqaro ishtirokchilar bilan o‘zaro hamkorlikning asosiy vositasiga aylanishi, shaffoflik, barqarorlik va mamlakatning global raqamli iqtisodiyotga strategik integratsiyasini ta’minlashga xizmat qiladi.
Shuningdek, mamlakatning raqobatbardosh afzalliklari ta’kidlandi: IT Park rezidentlari uchun maxsus rejim — korporativ soliq, ijtimoiy soliq va xizmatlar importi uchun QQSning nol stavkasi, erkin valyuta operatsiyalari imkoniyati hamda xorijiy IT-mutaxassislarni jalb qilishning soddalashtirilgan shartlari. Bunday model O‘zbekistonni sun’iy intellekt va bulutli hisoblash sohasidagi infratuzilma loyihalarini joylashtirish uchun eng jozibador mamlakatlardan biriga aylantirmoqda.
Data-markazlarni rivojlantirish — hamkorlikning asosiy yo‘nalishi
Hamkorlik uchun eng istiqbolli mavzulardan biri Qoraqalpog‘iston Respublikasida data-markazlarni rivojlantirish bo‘ldi. Tomonlar sun’iy intellekt modellarini o‘qitish va kengaytirish quvvatlariga global talab ortib borayotgan sharoitda yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
O‘zbekiston mintaqaviy hisoblash markazini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan omillar majmuasiga ega: energiya resurslaridan foydalanish imkoniyati, energiya samarador ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini loyihalashtirish qobiliyati, qulay logistik joylashuv va qulay qonunchilik.
Aka-uka Libermanlar O‘zbekistonning “Gonka” loyihasiga— sun’iy intellekt uchun markazlashtirilmagan hisoblashtarmog‘iga qo‘shilishi imkoniyatiga qiziqish bildirdilar. Muhokama doirasida milliy infratuzilma quvvatlarini “Gonka”ning global taqsimlangan arxitekturasiga integratsiya qilishimkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Bu esa O‘zbekistonga tarmoqningasosiy tugunlaridan biriga aylanish imkonini beradi. Ishtiroketishning bunday shakli mamlakatning xalqaro sun’iy intellektekotizimidagi o‘rnini mustahkamlashi hamda yangi texnologikimkoniyatlar va bozorlar sari yo‘l ochishi mumkin.
Kadrlar salohiyatini rivojlantirish va global texnologikhamjamiyatlarda ishtirok etish
Uchrashuv davomida tomonlar o‘zbekistonlikdasturchilarni jahon muhandislik ekotizimlariga jalb qilish vaochiq texnologiyalar madaniyatini rivojlantirish muhimliginimuhokama qildilar.
Aka-uka Libermanlar open-source loyihalarda faol ishtiroketish, GitHub da muntazam ravishda kodlarni nashr etish vaochiq yechimlar atrofida professional hamjamiyatnishakllantirish yosh mutaxassislarning kompetensiyalarinirivojlantirishda muhim rol o‘ynashini ta’kidladilar.
Bunday yondashuv nafaqat texnik ekspertizaning o‘sishigahissa qo‘shadi, balki O‘zbekistonning global texnologik kuntartibiga qo‘shgan hissasini shakllantiruvchi mamlakat sifatidaxalqaro nufuzini ham oshiradi.
Ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish va mahalliy muhandislarhamda olimlar tomonidan sun’iy intellekt mavzusidatayyorlangan nashrlar sonini oshirish zarurligi alohidamuhokama qilindi.
Libermanovning fikricha, tadqiqot madaniyatinirivojlantirish va xalqaro ilmiy munozaralarda ishtirok etishyangi texnologik jamoalarning shakllanishiga zamin yaratadihamda mamlakatning global SI-innovatsiyalar xaritasidagimavqeini mustahkamlaydi.
Mintaqaviy hamkorlik va O‘zbekistonning xalqaro roli
Sun’iy intellekt texnologiyalarini birgalikda rivojlantirishuchun Markaziy Osiyo davlatlarini birlashtirish g‘oyasimuhokamaning alohida bandiga aylandi. O‘zbekiston xalqaroloyihalar, ilmiy-tadqiqot markazlari va ixtisoslashtirilgantadbirlar uchun maydon taklif etib, mintaqaviy tashabbuslarningmuvofiqlashtiruvchisi bo‘lish imkoniyatiga ega.
Tomonlar, shuningdek, 2026-yilda Toshkentda dunyoningyetakchi mutaxassislari va investorlarning e’tiborini tortishi, O‘zbekistonning istiqbolli raqamli markaz sifatidagi o‘rninimustahkamlashi mumkin bo‘lgan “Decentralized AI” yirikxalqaro tadbirini o‘tkazish imkoniyatini muhokama qildilar.
Yangi tarixiy bosqich
Devid va Daniil Libermanlarning tashrifi xalqarotexnologik hamkorlikni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi. Muhokama qilingan yo‘nalishlar — O‘zbekistonningmarkazlashmagan hisoblash tarmog‘iga qo‘shilishidan tortib, sun’iy intellekt sohasida kadrlar tayyorlash va taqsimlanganhisoblash tarmoqlarini yaratishgacha — uzoq muddatli vatizimli loyihalar uchun poydevor yaratadi.
O‘zbekiston mintaqada sun’iy intellekt texnologiyalarinirivojlantirish uchun asosiy maydonlardan biriga aylanishgatayyorligini ko‘rsatmoqda. Mamlakat noyob imkoniyatlarmajmuiga ega: demografik salohiyat, moslashuvchan tartibgasolish tizimi, rivojlanayotgan IT-infratuzilma va raqamlitransformatsiyaga qaratilgan siyosiy iroda.
“Libermans Co” tomonidan bildirilgan qiziqishmamlakatning yuqori salohiyatini tasdiqlaydi va uning global raqamli iqtisodiyotdagi o‘rnini mustahkamlash uchun yangiimkoniyatlar ochadi.
2025-12-06