AKFA universitetida sport dasturlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi

AKFA universiteti tomonidan IT-Park bilan hamkorlikda sport dasturlash chempionati tashkil etiladi. Universitetga qarashli ACM Club har ikki haftada bir marta barcha universitet va universitetgacha bo‘lgan jamoalar uchun musobaqalar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Ilk chempionat 2022-yil 1-may kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Chempionat iMac Labs, Avitsenna zalida soat 10:00 dan 16:00 gacha davom etadi.

Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda:

- 3 soatlik shiddatli raqobat;

- tajribali koderlar bilan uchrashuvlar;

- o‘zaro aloqa;

- mukofotlar va boshqalar.

Ishtirok etish uchun quyidagi havola bo‘ylab roʻyxatdan oʻting:

https://forms.gle/wToBCrWjiXXbT5eg6

Arizalar ham yakka, ham jamoaviy (3 kishigacha) tarzda qabul qilinadi. Tadbir dasturi haqida ma’lumotlar ro‘yxatdan o‘tilgandan so‘ng elektron pochta orqali yuboriladi.

2022-04-28