VRonica asoschisi Akmal Solihov GameDev Goethe o‘yin yaratish inkubatorining ikkinchi to‘lqini joriy etilishi munosabati bilan 2021-yil 10-17 fevral kunlari Toshkent shahridagi bir qator OTMlarga tashrif buyuradi. Shuningdek, Akmal Solihov OTMlarda talabalarga o‘yin yaratish haqida so‘zlab beradi.
Ma’ruzalarda siz quyidagilarni o‘rganasiz:
- o‘yinlarni qanday yaratishni;
- o‘yin yaratishning afzalliklari;
- o‘yin yaratish uchun nimalarni bilish lozim;
- inkubator sizning o‘yiningizni yaratishda qanday yordam beradi va shu kabi boshqa narsalar.
Eslatib o‘tamiz, GameDev Goethe o‘yin yaratish inkubatori - bu dizayn, dasturlash, ovozli dizayn va shu kabi ko‘plab ko‘nikmalarni o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan barcha ixlosmandlar uchun mo‘ljallangan loyiha hisoblanadi. Ushbu inkubator barcha xohlovchilar mobil o‘yinni rivojlantirishi, bilim olishi, tajriba orttirishi, netvorkingini kengaytirishi va portfolio yig‘ishi mumkin bo‘lgan joy. Shuningdek, loyihada ishtirok etish mutlaqo bepul.
O‘zbekistondagi o‘yin yaratish bo‘yicha birinchi inkubatorning maqsadi - o‘yin o‘ynashga qiziqadigan yoshlarga mushtarak fikrlarni topishda va o‘z o‘yinlarini yaratishda yordam berishdan iborat. Loyiha davomida o‘yinni yaratish sohasida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan tajribali mutaxassislar tomonidan ko‘mak ko‘rsatiladi.
Loyiha IT Park va VRonica ko‘magida Toshkentdagi Goethe Institute tomonidan tashkil etildi.
O‘qish jarayoni 3 oydan ortiq davom etadi. Dastur davomida ishtirokchilar jamoa tuzishlari, o‘yin yaratishning eng muhim jihatlari: dasturlash, dizayn, animasiya, loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha eng tajribali mutaxassislardan bebaho bilim olishlari mumkin.
GameDev Goethe inkubatorining ikkinchi to‘lqining ochilishi doirasida OTMlarga tashrif jadvali:
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti – 2021-yil 10-fevral soat 12:00
- Toshkent shahridagi Amity universiteti – 2021-yil 10-fevral soat 15:00
- Toshkent moliya instituti – 2021-yil 10-fevral soat 17:00
- Vebster universiteti – 2021-yil 11-fevral, soat 17:00
- Toshkent shahridagi Inha universiteti – 2021-yil 12-fevral, soat 12:00
- Toshkent shahridagi Vestminster universiteti – 2021-yil 12-fevral, soat 15:00
- O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Islom Akademiyasi – 2021-yil 12-fevral, soat 17:00
- Toshkent davlat iqtisodiy universiteti – 2021-yil 15-fevral, soat 12:00
-M.V. Lomonosov nomidagi moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali - 2021- yil 15-fevral soat 15:00
- Toshkent shahridagi Yeoju texnika instituti – 2021-yil 15-fevral, soat 17:00
- Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti – 2021-yil 16-fevral soat 12:00
- Plexanov Nomidagi Rossiya Iqtisodiyot Universiteti Toshkent Shahar Filiali – 2021-yil 16-fevral soat 15:00
- I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali – 2021-yil 16-fevral soat 17:00
- Singapur menejmentni rivojlantirish instituti
Toshkent (MDIS Toshkent) – 2021-yil 17-fevral soat 12:00
- Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti – 2021-yil 17-fevral soat 15:00
- Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti – 2021-yil 17-fevral soat 17:00
Ayni damda biz GameDev Goethe 2021 o‘yin yaratish inkubatorining ikkinchi to‘lqiniga saralash ishlarini olib bormoqdamiz. Ikkinchi to‘lqinda ishtirok etish uchun allaqachon 200 dan ortiq arizalar kelib tushgan! Shoshiling, chunki joylar soni kam qoldi!
Ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://forms.yandex.ru/u/5e99a95a2c895f450d6976ae/
2021-02-12