“ICTWEEK 2022” doirasida “ICTEXPO” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko‘rgazmasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov va Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etdilar.
Ko‘rgazma axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi milliy va xalqaro ishlanmalar va yutuqlarni namoyish etishga qaratilgan.
Ko‘rgazma doirasida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi
mutaxassislari uchun “JOB FAIR” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazilmoqda.
Yarmarka davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan IT-kadrlarni jalb qilishga hamda yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlashda ko‘maklashishga qaratilgan.
Shunday qilib, malakali kadrlar topishdan manfaatdor bo‘lgan tadbir ishtirokchilari orasida Transport vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va boshqa ko‘plab tashkilotlarni uchratish mumkin.
“JOB FAIR” koʻrgazmasi kuni qiziqqan nomzodlar boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishishlari va it-market.uz veb-saytida ishga joylashish uchun ariza topshirishlari mumkin.
IT MARKET – bu IT sohasidagi barcha ishtirokchilarni birlashtiradigan yagona platforma.
Umuman olganda, platforma ishga tushirilgandan buyon 1000 dan ortiq boʻsh ish oʻrinlari eʼlon qilindi. IT MARKET Telegram kanalida esa 800 ga yaqin boʻsh ish oʻrinlari mavjud.
2022-10-25