AKT Vaziri Samarqanddagi Iqtisodiy forumda soʻzga chiqadi

Ozbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Samarqandda bolib otadigan Iqtisodiy forumda ishtirok etadi.

2022-yil 4-noyabr kuni soat 09:30 da Sherzod Shermatov Ozbekistonda BPO-yoʻnalishlarini rivojlantirishga bagʻishlangan panel muhokamasida soʻzga chiqadi.

Bugungi kunda global raqamli ekotizimda, ayniqsa biznes-jarayonlari autsorsingi (BPO) sohasida texnologiyalarning jadal rivojlanishi kuzatilmoqda. So‘nggi paytlarda O‘zbekiston yangi autsorsing markazi sifatida jahon IT hamjamiyatining e’tiborini tortmoqda. Bu yerda mamlakatning yangi yo‘nalishda faol rivojlantirish imkonini beruvchi shart-sharoitlar mavjud: xalqaro talablarga javob beradigan qonunchilik, ingliz tilida soʻzlaydigan iqtidorli yoshlar, zarur zamonaviy infratuzilma, soliq va bojxona imtiyozlari, IT sohasida yuqori sifatli ta’lim mavjudligi va boshqalar.

Shu tufayli IT-xizmatlar eksporti har yili ortib bormoqda.  Taqqoslash uchun: 2021-yil oxirida BPO kompaniyalari soni 45 tani, 2022-yilda esa 135 tani tashkil etdi. 2022-yil 3-chorak yakunida IT eksporti hajmi 82 million dollarni tashkil etdi, shundan 38 million dollari BPO kompaniyalari xizmatlari eksportiga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, Oʻzbekistonda yoshlarni ish bilan taʼminlash uchun 15 ta BPO Markazi tashkil etildi.

Bundan tashqari, 24–27-oktabr kunlari Samarqandda “ICTWEEK UZBEKISTAN 2022” doirasidagi o‘tkazilgan tadbirlarda BPO sohasini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, IT Park rezident-kompaniyasi Revotech va Amerikaning Effika Corporation kompaniyasi biznes jarayonlari autsorsingi (BPO)ning yangi yo‘nalishlari, ya’ni sug‘urta xizmatlarini rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzoladilar. Hujjatga ko‘ra, Effika Corporation 2023-yil uchun sug‘urta sohasida $20 million miqdorida autsorsing xizmatlarini taqdim etadi.

Oʻzbekistonda BPO yoʻnalishini qoʻllab-quvvatlashga IT Park bilan Termiz va Namangan shaharlarida ikkita BPO Markazi ochish toʻgʻrisida protokol imzolagan Huawei kompaniyasi ham tayyor. Yangi BPO Markazlari aqlli va yashil yechimlar asosida ochiladi.

AKT Haftaligida IT Park ZTE Uzbekistan bilan protokol imzoladi.  Hujjatga ko‘ra, ZTE Samarqand va Farg‘onada yangi BPO Markazlarini qo‘llab-quvvatlash va ochish uchun $100,000 miqdorida mablag‘ ajratadi.

Eslatib o‘tamiz, Samarqanddadi Iqtisodiy forum 3- va 4-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu yilgi forum mavzusi “Xalq iqtisodiy islohotlar markazida”. Tashkilotchilarning fikricha, u o‘zgarishlarning asosiy maqsadi sifatida Oʻzbekiston yoshlari uchun “yanada yorqin va barqaror kelajak”ni aks ettiradi.

2022-11-03