2022-yilning 15-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vaziri Sherzod Shermatov va “Exadel” IT Park rezident kompaniyasi o‘rtasida operatsion bo‘yicha bosh direktor Yelena Krukovskaya ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda, IT Park direktori Farhod Ibragimov, “Exadel” loyihalarini joriy etish va amalga oshirish boʻyicha Vitse-prezident Mixail Andrushkevich, “Exadel” ofisining O‘zbekistondagi vakolatxonasi Direktori Yuliya Yakovleva, IT Park Direktorining hududiy rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari Abdulahad Kuchkarov, IT Park Direktorining xalqaro aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Bohodir Ayupov va boshqalar ishtirok etdilar.
Uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonda IT-xodimlarni tayyorlash, “Exadel” faoliyatini kengaytirish imkoniyatlari, tashkilot faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish, hamda, O‘zbekistonga yetakchi mutaxassislarni jalb etish masalalarini muhokama qildilar.
“Exadel” IT-kompaniyasining vakillari O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z faoliyatini yanada kengaytirish, IT-mutaxassisliklari bo‘yicha yanada ko‘proq yoshlarni o‘qitish va ularni o‘z jamoasiga qabul qilish, hamda, senior-mutaxassislarni jalb etish, yangi boshlanuvchi mahalliy dasturchilarni oʻqitish va tajriba va bilim almashish uchun yordam berish istagini bildirdi.
O‘z navbatida, Sherzod Shermatov korxonaning yoshlarni o‘qitish, tajribali xorijlik mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha rejalashtirilgan vazifalarini bajarishda qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ta’kidladi. Vazir kompaniya faoliyatini kengaytirish, o‘z vakolatxonalarini ochish va yoshlarni O‘zbekiston hududlarida, xususan, Farg‘ona vodiysida IT sohasiga jalb etish, bu yerda katta IT-hamjamiyatni tashkil etishni taklif qildi.
Bundan tashqari, Sherzod Shermatov ayni damda IT-Visa deb nomlangan keng ko‘lamli loyiha ishlab chiqilayotganini, bu esa senior-mutaxassislarni O‘zbekistonga jalb qilish jarayonini soddalashtirishga yordam beradi hamda ularning kasbiy faoliyati va umuman hayot kechirishi uchun qulay shart-sharoit yaratib berishini aytdi.
IT Park Direktori Farhod Ibragimov, hamda, IT Parkʼning hududiy filiallarida “Exadel” kompaniyasining mahalliy IT-mutaxassislari faoliyati uchun barcha qulayliklar yaratib berilishini qo‘shimcha qildi hamda yoshlarga IT-mutaxassisliklarini o‘rgatishda yordam berishga tayyorligini bildirdi va tobora koʻproq yoshlarning kelgusida ish bilan taʼminlanishi kafolati bilan malakali taʼlim olishlari uchun oʻqitish va ish oʻrinlarini kengaytirish.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar yaqin kelajakda O‘zbekistonda IT-mutaxassislarining o‘sishi va rivojlanishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish maqsadida yuqoridagi barcha vazifalar ustida ishlash uchun kuchlarni birlashtirishga kelishib oldilar.
Kompaniya haqida:
Exadel - 1998-yilda tashkil etilgan, dasturiy taʼminot ishlab chiqish bilan shugʻullanuvchi xalqaro IT-kompaniyasi va IT-konsaltingi. Bugungi kunda kompaniyada AQSH, Germaniya, Polsha, Litva, Ukraina, Belarus, Rossiya, Oʻzbekiston va Gruziyada 2000 ga yaqin xodimlar ishlaydi.
Exadel kompaniyasining vakolatxonasi O‘zbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtgan va IT Park rezidenti hisoblanadi. Bugungi kunda O‘zbekistondagi Exadel ofisida 70 ga yaqin odam ishlaydi. Yilning oxirigacha bu raqam 300 taga yetishi kutilmoqda.
2022-02-15