2021-yilning 24-fevral kuni kelajakda o‘z startapini boshlashni istagan yoki ayni damda startap g‘oyasini amalga oshirayotgan talabalar uchun Toshkent shahridagi Amity universiteti inkubasiya markazida Startup Advice bo‘lib o‘tadi.
Startup Advice:
- startap mavzusiga befarq emas;
- o‘z startapini amalga oshirishni rejalashtirgan, ammo qanday qadamlar tashlash va umuman olganda nimadan boshlashni bilmaydiganlar;
- tajribali mutaxassislarning maslahatiga muhtojlar;
- o‘ziga va loyihasiga ishonmaydigan hamda harakat qilishdan qo‘rqadiganlar uchun mo‘ljallangan.
Startup Advice spikerlari sifatida IT Park startap ekotizimlarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i - Farrux Maksumov va IT Park raqamli transformatsiya bo‘limi boshlig‘i Anastasiya Filippova ishtirok etishadi.
Sana va vaqti: 24-fevral soat 16:00
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi Amity Universitetida inkubatsiya markazi tashkil etilgan. Ayni paytda bepul inkubatsiya dasturida qatnashish uchun saralash jarayoni olib borilmoqda.
Amity Universitetida Startup Advice-ga ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/pRBAV4Z6fVj1KeyU9
Amity universitetidagi inkubatsiya dasturiga quyidagi havolani orqali ro‘yxatdan o‘ting: http://amityincubation.uz/ru/registerEvent/registration-for-an-educational-and-practical-program
Universitetda tashkil etilgan inkubatsiya markazi talabalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning g‘oyalarini haqiqiy biznes mahsulotlariga aylantirish uchun barcha shart-sharoitlar taqdim etadi.
Inkubatsiya markazi doirasida biznes rejalarni amalga oshirish, shuningdek, startap sohasida faoliyat ko‘rsatadigan tajribali mahalliy va xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.
2021-02-16