Joriy yilning 9-fevral kuni Temiryo‘lchilar madaniyat saroyida IT Park va amoCRM rezident kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan keng koʻlamli amoCONF biznes konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
amoCONF– bu har yili oʻtkaziladigan tadbir boʻlib, unda muvaffaqiyatli biznes vakillari, savdo va avtomatlashtirish sohasidagi yetakchi ekspertlar oʻzlarining misollarida muvaffaqiyatli tadbirkorlikni qanday boshlash kerakligi haqida soʻzlab berishadi.
Anjuman maqsadi – tadbirkorlik ruhini kengaytirish, mahalliy loyihalarni rivojlantirishga turtki berish, shuningdek, dunyoning istalgan nuqtasida sifatli savdo tizimini yaratish va biznesni rivojlantirishga yordam beradigan qimmatbaho bilimlarga ega boʻlishdan iborat.
Konferensiyada turli zamonaviy IT-yo‘nalishlar bo‘yicha 15 dan ortiq taniqli ma’ruzachilar chiqish qilib, o‘zlarining professional tajribalari bilan boʻlishdilar. Spikerlardan biri IT Park Toshkent filiali direktori Sherzod Abdurahmonov boʻldi. U o‘z nutqida IT Park faoliyati, ta’lim tizimi va rezidentlik dasturining imtiyozlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, spikerlar qatoriga:
Eslatib oʻtamiz, amoCRM – butun dunyo boʻylab oʻn minglab hamkorlar va mijozlarga ega boʻlgan savdo boʻlimlari uchun dasturiy ta’minot yaratuvchisi. Kompaniya muntazam ravishda Amerika TED konferensiyalari formatida yuqori darajadagi biznes anjumanlarni tashkil qiladi. Tadbirlar ilgari Vashington (AQSh), Dubay (BAA), Ostona va Olmaota (Qozog‘iston), Moskva va Sankt-Peterburg (RF) kabi yirik shaharlarda o‘tkazilgan.
2023-02-10