Andijonda yangi IT Markazlar ochildi!

Joriy yilning 17-iyun kuni Andijon viloyatining ikkita tumanida ikkita yangi IT Markaz ochildi. Ochilish marosimida IT Park direktori Farhod Ibragimov, Oltinko‘l tumani hokimi Faxriddin Parpiev, Baliqchi tumani hokimi Go‘zal Hamidova, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mutasaddilari, IT sohasiga qiziquvchi yoshlar va boshqalar ishtirok etishdi.

Oltinko‘l tumani

IT Markaz raqamli texnologiyalarni o‘rganish hamda dolzarb kasblarni egallash uchun barcha zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlangan, shuningdek, yaqinda qulay o‘quv markaziga aylantirilgan pochta aloqasi binosida joylashgan.


Mazkur IT Markazning ochilish marosimida Farhod Ibragimov Andijon viloyatida dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan korxonalar soni boshqa viloyatlarga nisbatan kam ekanligi, ammo Andijonda IT sohasiga qiziqadigan yoshlar soni tobora ortib boraytganligini ta’kidladi.


“Ba’zi bir andijonlik yoshlar IT sohasida o‘qishni boshlash uchun Namangandagi IT Markazlarga borib o‘qiyapti. Aynan shu sababli biz Andijon viloyatida IT Markazlar sonini ko‘ytirishni istaymiz”, - deya ta’kidladi Farhod Ibragimov.

Baliqchi tumani

Aynan shu kuni Baliqchi tumanida joylashgan pochta bo‘limida yana bir IT Markaz yoshlar uchun o‘z eshigini ochdi. Shu bilan Andijondagi IT Markazlar soni 14 donaga yetdi.

Ochilish marosimida, tuman hokimi Go‘zal Hamidova ushbu IT Markazning ochilishi “Yoshlar oyligi”ga  to‘g‘ri kelganligini ta’kidladi. Uning aytishicha, tumandagi 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar soni 100 000 dan ziyod.

Qolaversa, ushbu IT Markaz yaqinida musiqa hamda o‘rta maktablar joylashgan. Bu esa o‘quvchilarga ushbu IT Markazga kelib, IT va zamonaviy kasblar haqida batafsil ma’lumot olishlari uchun ulkan imkoniyat yaratadi.


Farhod Ibragimov, o‘z navbatida, marosimga kelgan barcha yoshlarga IT Markazlar faoliyati, u yerda o‘qitiladigan yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi, shuningdek, bu nafaqat o‘g‘il bolalar uchun, balki qizlar uchun ham katta imkoniyatlar eshigini ochishini ta’kidladi.

Ma
lumot ornida:
Butun Respublika boylab IT Markazlarning umumiy soni 138 tani tashkil qiladi. 2021-yil yakuniga qadar IT Markazlar sonini 205 taga yetkazish kozda tutilgan.

Yoshlar har bir IT Markazida quyidagi yo‘nalishlar boʻyicha tahsil olish mumkin:

— Kompyuter savodxonligi;

— MS Office chuqurlashtirilgan darslari;

— Veb dasturlash tillari;

— Grafika va dizayn asoslari;

— Mobil ilovalarni yaratish;

— Python dasturlash tili;

— Arduino va Lego Mindstorms asosida mobil robototexnika;

— Shuningdek, kibersport: CS:GO, Dota2, FIFA20.



 





 

2021-06-17