IT Park Uzbekistan delegatsiyasi, startap va investitsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha direktor Elyor Maksudov boshchiligida AQShga tashrif buyurib, “Cohere AI”, “Armanino”, “Saber Interactive”, “PomPom Fairy”, “CosmicBrain AI” kompaniyalari, shuningdek, Kaliforniya va Nyu Yorkdagi o‘zbek diasporasi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralarning asosiy mavzulari sifatida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish va mahalliylashtirish, IT-xizmatlar eksportini rivojlantirish, Toshkentda ofislar va tadqiqot markazlarini ochish, hamda yetakchi xalqaro kompaniyalarda faoliyat yuritayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Tashrifning muhim voqealaridan biri “Silkroad Innovation Hub”da o‘tkazilgan “Tech Ambassadors & Compatriots Meet-up” uchrashuvi bo‘ldi. Unda O‘zbekistonni mintaqaviy raqamli texnologiyalar markazi sifatida ilgari surish masalalari ko‘rib chiqildi. Ushbu kelishuvlar IT-xizmatlar eksportini kengaytirish va mamlakatning jahon innovatsion ekotizimiga tezroq integratsiyalashuviga xizmat qiladi.
“Cohere AI” bilan o‘tkazilgan muzokaralarda tomonlar O‘zbekistonda yechimlarni mahalliylashtirish, jumladan, milliy GPU va mamlakatdagi ma’lumotlar markazlarida joylashtirish masalalarini muhokama qilishdi. O‘zbekiston vakillari “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” tashabbusi va 2030-yilgacha davlat xizmatlarini raqamlashtirish rejasini taqdim etdi. Shuningdek, “North” modelining moslashtirilgan pilot loyihasi va “Cohere” xalqaro tajribasi asosida o‘zbek tili uchun milliy LLM yaratish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Kompaniya ta’lim dasturlari va “ICT Week Uzbekistan 2025” tadbirda ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.
Cohere AI — yirik til modellari asosidagi enterprise-yechimlarni ishlab chiquvchi kompaniya bo‘lib, bulutli va chip-agnostik yondashuvni, raqamli suverenitetni inobatga olgan holda joylashtirish variantlarini hamda korporativ integratsiya uchun “North” mahsulot liniyasini taklif etadi.
“Armanino” bilan muzokaralarda O‘zbekistonda IT va BPO faoliyati uchun shart-sharoitlar muhokama qilindi: IT Park rezidentlari uchun soliq va tartibga solish imtiyozlari, xizmatlar qiymatining raqobatbardoshligi va kadrlar salohiyati (buxgalteriya, autsorsing, konsalting, mijozlarni qo‘llab-quvvatlash). Hamkorlar talablarning batafsil tahlilini amalga oshirish, potensial mijozlarga taqdimotlar o‘tkazish, mamlakatda kompaniya ofisini ochish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish hamda “ICT Week Uzbekistan 2025” doirasida tashrif buyurish bo‘yicha kelishib oldilar.
Armanino — audit, konsalting va autsorsingga ixtisoslashgan xalqaro konsalting guruhi va CPA xizmatlari provayderi bo‘lib, yangi hududlarga kengayishni ko‘rib chiqayotgan mijozlarga ega.
“Saber Interactive” bilan uchrashuvda O‘zbekiston tomoni soliq imtiyozlari, bepul ofis maydonlari va soddalashtirilgan viza rejimlari sharoitida ishlab chiqish studiyalari, QA, nashriyot va bek-ofis funksiyalari uchun imkoniyatlarni taqdim etdi. Hamkorlik formatlarini muhokama qilish va O‘zbekistonning yangi GameDev markazi sifatidagi salohiyatini baholash uchun muloqotni davom ettirish va sentyabr oyida “Tokyo Game Show 2025” doirasida uchrashish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Saber Interactive — global GameDev-kompaniya bo‘lib, xalqaro markazlarga (jumladan, Armaniya va Gruziya), AAA/AA-loyihalar, portlash va mashhur franshizalarni qo‘llab-quvvatlash tajribasiga ega.
“PomPom Fairy” Toshkentda ofis ochish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari: soliq imtiyozlari, ofis binolari, viza olishning soddalashtirilgan tartiblariga qiziqish bildirdi. Tomonlar o‘zaro manfaatdorlikni tasdiqladilar, muntazam aloqani davom ettirmoqdalar va ekotizim bilan batafsil tanishish uchun kompaniyaning O‘zbekistondagi tadbirlarda, shu jumladan “ICT Week” haftaligida ishtirok etishini ko‘rib chiqmoqdalar.
PomPom Fairy — xalqaro mahsulot va autsorsing kompaniyasi bo‘lib, Nyu York, London va Tbilisida ofislarga, Ruminiya, Armaniya va Moldovadagi ishlab chiquvchi jamoalarga ega, AQShdagi yirik buyurtmachilar bilan ishlaydi.
“CosmicBrain AI” bilan Toshkentda ofis ochish va skriptlar hamda multimodal modellarni yaratish uchun dasturchilarni (20–30 nafar xodim) ishga olish masalalari muhokama qilindi, xizmatlar eksporti yiliga 2 million dollargacha bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Kompaniya universitetlarning ilmiy-tadqiqot dasturlari va ta’lim tashabbuslariga qiziqish bildirdi. O‘zbekiston tomoni soliq imtiyozlari, ofis maydonlari va viza yordamini taqdim etishga tayyorligini tasdiqladi.
CosmicBrain AI — yuqori texnologiyalar sohasida 25 yildan ortiq tajribaga ega (jumladan, Google’da taxminan 20 yil) muhandis Chi Chiu kompaniyasi bo‘lib, multimodal sun’iy intellekt yo‘nalishiga ixtisoslashgan.
Vatandoshlar bilan uchrashuvda IT Park Uzbekistan rezidentlik shartlari va “Enterprise Uzbekistan” strategiyasini taqdim etdi. Silikon vodiysidagi startap asoschilari O‘zbekistonga biznes va innovatsiyalar uchun yangi maydon sifatida qiziqish bildirishdi. Uchrashuv yakunida Tech-ambassadorlar jamoasini tuzish, diaspora vakillarini faolroq jalb etish va bunday uchrashuvlarni muntazam ravishda AQSh va O‘zbekistonda o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tech Ambassadors / Compatriots — o‘zbek diasporasi va texnologik elchilar hamjamiyati; 25-avgust kuni Kaliforniyada “Silkroad Innovation Hub”da AQShning yetakchi kompaniyalari mutaxassislari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ushbu kelishuvlar IT-xizmatlar eksportini oshirish, zamonaviy sun’iy intellekt texnologiyalarini mahalliylashtirish, Toshkentda yangi ofislar va ilmiy-tadqiqot markazlarini ochishga xizmat qiladi. Bularning barchasi O‘zbekistonning Silikon vodiysi va Nyu York kabi jahon innovatsiya markazlari bilan aloqalarini mustahkamlashga yordam beradi.
2025-09-03