IT Parkda arizachilar uchun keyinchalik IT-Visa olishni nazarda tutuvchi IT-Card taqdim etish yuzasidan navbatdagi tadbir bo‘lib o‘tdi. Bugungi kunga qadar jami 60 dan ortiq IT-Card’lar taqdim etilgan.
IT-Visa – bu 3 yilgacha IT sohasida chet el fuqarolariga beriladigan vizalar toifasi.
IT-Visa egalariga beriladigan imtiyozlar:
• O‘zbekiston fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda ta’lim va tibbiy xizmatlar olish;
• O‘zbekistonning istalgan hududida bo‘lish uchun yashash joyi bo‘yicha qayta ro‘yxatdan o‘tish majburiyatisiz;
• har qanday qiymatdagi ko'chmas mulkni sotib olish.
Eslatib oʻtamiz, bunday vizani uch toifadagi odamlar olishlari mumkin:
• IT sohasiga sarmoya kirituvchi investorlar (viza olish uchun ularga mahalliy hamkorlardan ariza kerak boʻladi);
• IT Park rezident kompaniyalari ta’sischilari;
• Oxirgi 12 oy davomida yillik daromadi kamida 30 000 AQSh dollarini tashkil etgan IT-mutaxassislari (hujjatlardan mezbon kompaniyadan ma’lumotnoma olish talab etiladi - IT Park rezidentlariga shart emas).
Qoʻshimcha maʼlumotlarni quyidagi havolada topishingiz mumkin: https://itvisa.uz/en
2022-10-21