Beelab LLC texnik direktori Soft Skills boʻyicha vebinar oʻtkazadi

28-sentabr kuni soat 18:00 da Tumaris.Tech doirasida “Samarali kommunikatsiyalar” mavzusida vebinar boʻlib oʻtadi.

Onlayn seminarni Beelab LLC kompaniyasi yetakachisi va texnik direktori (v.b) Shohrux Alimov olib boradiSessiya davomida spiker Soft Skills haqida gapirib beradi.

Vebinar ishtirokchilari:

  • hamkasblar va hamkorlar bilan qanday qilib samarali muloqotlarni o‘rnatishni o‘rganadilar;
  • muloqotning barcha darajalarida shaxsiy va kasbiy faoliyat muammolarini hal qilish uchun zarur bo'lgan usullar bilan tanishadilar;
  • muloqotdagi keng tarqalgan xatolarni koʻrib chiqadilar.

Tadbir Zoom platformasida rus tilida boʻlib oʻtadi.

Onlayn uchrashuvga 27-sentabrgacha quyidagi havola orqali royxatdan otishingiz mumkin:

https://clck.ru/326kkz

2022-09-22