Belarus IT kompaniyasi Bayskilz O‘zbekistonda onlayn ta’lim sohasida faoliyat yuritish uchun kompaniya ochadi

“TIBO-2021” XXVII Xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari forumi doirasida IT Park direktori Farhod Ibragimov Bayskilz kompaniyasining strategik rivojlanish bo‘yicha direktori Vladimir Litvinovich bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar IT-ta’limni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar, shuningdek, IT mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan kurslarni yaratish yuzasidan tajriba almashdilar.

Uchrashuv so‘ngida, Bayskilz kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasida onlayn ta’lim sohasida turli loyihalarni amalga oshirish uchun o‘z kompaniyasini ochish, shuningdek, IT Park rezidentiga aylanishga bo‘lgan qiziqishini bildirdi.

Ma’lumot o‘rnida:

Bayskilz kompaniyasi Belarus Respublikasida joylashgan Hi-Tech Parkining rezidenti hisoblanadi. Kompaniyaning asosiy faoliyat turlari - bu IT va biznesni boshqarish sohalarida onlayn kurslarni yaratishdir. Hozirgi kunda kompaniya zamonaviy onlayn ta’lim bozorining yetakchi vakillarining onlayn kurslarni bir joyga jamlaydigan “Lerna” platformasini ishlab chiqish bilan shug‘ullanmoqda.  “Skillbox”– Bayskilzning asosiy hamkorlaridan biri. Kompaniyada 200 dan ziyod xodim faoliyat ko‘rsatadi.

2021-06-04