BMTTD IT Park’ning Oʻzbekistondagi hamkorlari «Uzbek voice» nomli yangi loyihasini tashkil qilmoqda

O‘zbek tilidagi axborotning kamligi, katta hajmdagi axborotning korporatsiyalar qo‘lida to‘planishi taraqqiyotni sekinlashtiradi va innovasiyalarga to‘sqinlik qiladi. 

Shu munosabat bilan BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi Mozilla Common Voice «Uzbek Voice»bilan o‘zbek tilini raqamlashtirish loyihasini amalga oshirmoqda. 
 
«Uzbek Voice»– o‘zbek tilidagi ovozli ma’lumotlarni yig‘ish va ochiq ma’lumotlar bazasini yaratish loyihasidir.  Loyihaning maqsadi ovozni aniqlash texnologiyasini hamma uchun ochiq qilishdir.  Siz esa bu borada bizga yordam berish bilan birga o‘z hissangizni ham qo‘sha olasiz. 
 
Qanday yordam berish mumkin? 
 
1. O‘zbek tilidagi “Mozilla Common Voice Platform” sahifasiga havola orqali oʻting: https://commonvoice.mozilla.org/uz
2. «O‘qish»tugmasini bosing va o‘zbek tilidagi gaplarni o‘qib bo‘lgach, ovozingizni bazaga yozib oling; 
3. «Tinglash» tugmasini bosing va boshqalar o‘qiyotganlarni eshitib, aniqligini tekshiring. 
 
2021-yil 30-noyabr kuni 3 nafar eng faol o‘quvchi va 3 nafar eng faol tinglovchiga sovg‘alar topshiriladi. 
 
O‘zingizning statistik ma’lumotlaringizni va boshqa foydalanuvchilarning statistikasini kuzatish, shuningdek, aniqroq ma’lumotlarni to‘plash uchun siz «Mozilla Common Voice» platformasida ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak. 

Siz to‘plagan ma’lumotlaringiz keyinroq siz uchun foydali bo‘ladi.  Ular aniq nimaga yordam bera olishini bilish uchun yangiliklarimizni kuzatib boring.

2021-11-17