Boʻsh ish oʻrni: IT Park loyihalar menejeri va amaliyotchi izlamoqda!

Boʻsh ish oʻrni: IT Park loyihalar menejeri va amaliyotchi izlamoqda!

IT Parkʼda doimo yaxshi menejerlarga muhtoj qiziqarli loyihalar boʻladi. Yaxshi loyihalar menejerisiz loyihalar uzoq vaqt aravani torta olmaydi va kutilgan natijalarni bermaydi. Shuning uchun IT Park 2 nafar loyihalar menejeri izlamoqda.

Nomzodlarga qoʻyilgan asosiy talablar:

- rus va oʻzbek tillarini bilish, ingliz tilini ham bilsa ayni muddao;

- oliy maʼlumot (imkon qadar maqbul);

- loyihalarni boshqarishdagi tajriba - 1 yildan boshlab (imkon qadar maqbul);

- yaxshi kommunikativ koʻnikmalar;

- ishga masʼuliyat bilan yondoshish.

Kasb majburiyatlari:

- buyurtmachilar bilan loyihani amalga oshirishdagi eng muhim talablarni aniqlab olish maqsadida loyiha ilk bosqichidanoq oʻzari aloqani yoʻlga qoʻyish;

- loyihani hujjatlashtirish boshqarish boʻyicha takliflar tayyorlash;

- loyihani amalga oshirishdagi har bosqichni nazorat qilish;

- loyihani amalga oshirish;

- loyihaning xavfi, shakli va muhlatidagi oʻzgarishlarni nazorat qilish;

- loyihani buyurtmachi belgilagan muddatda va kerakli sifatda omadli amalga oshirilishini taʼminlash;

- vazifa va loyihani amalga oshirish davomida umumiy hisobotlarni taqdim qilish.

Maosh: 4-5 million soʻm.

Sinov muddati: 1 oy.

Izoh: sinov muddati davrida maosh - 2,5 mln soʻm.

Shuningdek, IT Parkʼga loyihalar menereji lavozimiga amaliyotchi kerak.

Nomzodga qoʻyiladigan asosiy talablar:

- rus va oʻzbek tillarini bilish, ingliz tilini ham bilsa ayni muddao;

- SHK tajribali foydalanuvchisi;

- ravon nutq;

- oʻqish va rivojlanish istagi;

- 3-4 kurs talabasi boʻlish;

Biz ambitsiyali, motivatsiyali va yuqori maqsadlarni koʻzlagan, biz bilan birga oʻsishni va rivojlanishni istovchi xodimni qidirmoqdamiz. Agar sizda istak boʻlsa, unda biz sizga barchasini oʻrgatishimiz va sizdan zoʻr loyihalar menejeri chiqarishimiz mumkin.

Rezyumelarni shu yerga yuboring: hr@it-park.uz



 



 

2020-11-20