Xalqaro elektr aloqasi ittifoqi Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park bilan birgalikda “Bolalar uchun xavfsiz va farovon kibermakon yaratish” kursini muvaffaqiyatli yakunladilar.
Butun dunyoda bolalarni onlayn muhitda himoya qilish (COP)ning rasmiy vositalari, resurslari va taʼlim dasturlari yetarli darajada taqdim etilmagan.
Biroq, bolalarni internetda samarali himoya qilish va imkoniyatlarini kengaytirish uchun barcha tegishli manfaatdor tomonlar (ota-onalar, oʻqituvchilar, bolalar, AKT sanoati va davlat organlari) bolalarni onlayn muhitda himoya qilishda samarali yordam berish uchun xabardorlik, bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishlari kerak.
Tarmoqdagi bolalarga boʻlgan tahdidlar xavfini kamaytirish uchun ularga raqamli koʻnikmalar va onlayn xavfsizlik boʻyicha bilimlarni berish kerak, shunda ular oʻzlarini toʻgʻri himoya qilishlari, shuningdek, turli vaziyatlarda malakali javob bera oladilar.
Shu maqsadda o‘quvchilarning axborot jamiyatida xulq-atvor ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan “Bolalar uchun xavfsiz va farovon kibermakon yaratish” kursi yo‘lga qo‘yildi.
Dasturni amalga oshirishdan maqsad – zamonaviy raqamli texnologiyalardan erkin foydalangan holda o‘quv jarayonida, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda raqamli ta’lim muhitida voyaga yetmaganlarning xatti-harakatlari xavfsizligini ta’minlash sohasida oʻqituvchilarning malakasini oshirishdan iborat.
Kurs o‘zbek tilida va alohida ehtiyojli insonlar uchun qulay formatda olib borildi. Oflayn mashg‘ulotlar natijalariga koʻra 300 dan ortiq o‘qituvchi-murabbiylar oʻqitildi, ular o‘z navbatida kurs davomida olgan bilimlarini hamkasblari, ota-onalari va bolalariga o‘rgatadilar.
2023-06-08