Buxoro viloyati Vobkent tumani maktab o‘quvchi qizlari uchun “Vobkent.Tech” startap g‘oyalar tanlovi!

15-fevral kuni “Vobkent.Tech” Ideatoniga ro‘yxatdan o‘tish boshlanadi. Ideatonda Buxoro viloyati Vobkent tumani maktab o‘quvchi qizlari ishtirok etishlari mumkin!

Ideaton davomiyligi 2 kun bo‘lib, birinchi kuni ishtirokchilar tanlagan sohalari bo‘yicha g‘oya o‘ylab topishlari, ikkinchi kuni esa Pitch Day’da hakamlar hay’ati oldida o‘z loyihalarini taqdim etishlari kerak bo‘ladi.

IT Park mentorlari ishtirokchilarni o‘z nazorati ostiga olishadi va barcha bosqichlardan o‘tishlariga yordam berishadi.

Ushbu tadbir anchadan beri o‘z startapini yaratmoqchi bo‘lgan, lekin qadam tashlashga jur’ati bormayotganlar uchun foydali bo‘ladi.

Qanday qilib ideaton ishtirokchisiga aylanish mumkin?
Berilgan havola orqali ro‘yxatdan o‘ting va sizni qo‘ng‘iroq orqali taklif qilishlarini kuting. 

G‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshiriladi.

Final 4 va 5 mart kunlari bo'lib o'tadi

1-martga qadar ro‘yxatdan o‘tishga ulgurib qoling: https://cutt.ly/Hk1bEek

 

 

2021-02-16